Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyusiyasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə29/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyusiyasi. Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishini doimo e’tirof etib kelganlar. Qadimgi yunon faylasuflari inson dunyoni va o‘zini bilishi, haqiqatga erishishi mumkin, deyishgan. Ular hissiy va aqliy bilishning roli haqida ham qimmatli fikrlar aytishgan.
Geraklit bilish masalalariga murojaat qilib, hissiy va ratsional bilishni ajratadi. Hissiyot, uning fikricha, foydadan holi emas, ayniqsa ko‘rish va eshitish juda ahamiyatlidir. Lekin bilishning oliy maqsadi – logosni anglash va shu tariqa dunyoning oliy birligini anglash hamda oliy donishmandlikka erishishdir. “Donishmandlik belgisi menga emas, balki barcha bir narsa (birlikda) deb biladigan logosdadir”. Biroq logosni bilish oson emas, buning sabablari ko‘p, xususan tabiat yashirinishni yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari, “ko‘pchilik odamlar hayvonlar singari keragidan ortiqcha to‘yib ketgan”. Shuningdek, ana shu ko‘pchilikning ustozlari: Gomer ham, Gesiod ham, boshqa xalq kuychilari ham logosni bilishga xalaqit berishadi. Ko‘pchilik odamlar nimaga to‘qnash kelishayotganlarini ham bilishmaydi. Ko‘p narsani bilish aqlli bo‘lishga o‘rgatmaydi. U olamning yaxlit manzarasini o‘rnatishga olib kelmaydi, unga faqat logosni (barcha bir narsa ekanligini) bilish orqaligina erishish mumkin. Demak, Geraklit fikricha, logosni, donishmandlikni dunyoning birligini bilish hammaga ham nasib etavermaydi. Lekin odamlar tabiatan aqllidir. “Fikrlash barchaga xos”, “Barchaga o‘zini bilish va mulohaza yuritish qobiliyati berilgan”, “Logos barchada mavjud”7.
Levkipp va Demokrit hissiy va aqliy bilishni farq qiladilar. Atomlarni faqat hissiyot asosida bilib bo‘lmaydi. Buning uchun hissiyot aql tomonidan chuqurlashtirilishi, to‘ldirilishi zarur. Demak hissiyot va aql qarama qarshi emas, o‘zaro aloqadadir.
Aristotel fikricha “Demokrit aqlni haqiqatni biladigan kuch deb hisoblamaydi; uni jon bilan almashtirib yuboradi”8. Demokrit fikricha, bilishning ikki turi mavjud: xaqiqiy va qorong‘i. Qorong‘i, bu ko‘rish, eshitish, ta’m, badan va hid sezgilari.
Demokritning mantiqiy fikrlari “Kanon”larda (Kanon – “mezon” , “qoida” da ifoda etilgan. Unda bilishning uch mezoni farqlanadi: 1) hissiy bilishga oid, 2) tafakkur, 3) hohlangan va hohlanmaganlar (uning yordamida predmetga yaqinlashamiz yoki uzoqlashamiz). Jon va nafas mexaniq muvozanatda bo‘ladi, hayot ana shunga asoslanadi - ya’ni hayotning o‘limga qarshiligi.
Sharq mutafakkiri Abu Nasr Forobiy ta’kidlashicha, bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Forobiy fikricha, bilishning quroli: nutq, tasavvur va hisdan iborat. Narsalar to‘g‘risidagi bilim nutq quvvati orqali, tasavvur va his-tuyg‘u vositasida hosil bo‘ladi. Har vaqt bilim hosil qilishga iroda ko‘rsatilsa, uning idroki nutq quvvatining sha’nidir. Nutq vositasida kelib chiqqan ilm o‘z e’tibori bilan his-tuyg‘u uyg‘otuvchi ishlarni bayon etadi. Demak, ilm hissiy quvvat natijasida kelib chiqadi. Ilm mavzusining tasavvurga taalluqligi, tasavvur esa o‘z navbatida orzu tug‘dirishi va his-tuyg‘uga boshqacha tasavvurlarning kirib kelishi nutq quvvatining hosilalaridir. SHunga binoan tasavvuriy ma’rifatning mavzusi eng yuqori zotlarning vujud bosqichlaridan tortib to mavjud bo‘lmagan yolg‘on narsalarni ham o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan avvaldan vujudga kelgan narsalar ikki xil: 1) his-tuyg‘u bilan bilinadigan narsalar; 2) isbot va dalil orqali bilinadigan narsalar9.
Forobiyning fikricha, aql shariatning tayanchi va madadkori bo‘lib, mohiyatan u bilan birdir. Shariatni yaxshi tushunish uchun aql ishlatish zarur. Bir tomonlama aql ishlatishni to‘xtatib qo‘yish dinning rostgo‘ylikka undovchi mohiyatini tushunishga g‘ov bo‘lib, riyokor va nizo chiqaruvchi odamlar domiga tushib qolishi va qavmning o‘zinigina chegaralangan rasm-rusumlari va odatlari asoratiga mutelikni keltirib chiqaradi10.
Buyuk tabiatshunos Beruniy o‘zining salaflari, xususan, Ahmad Farg‘oniy va Muhammad Xorazmiy ishlab chiqqan bilishning ilmiy usulini rivojlan­tirib, yanada chuqurlashtirdi. Uning aytishicha, “Kuzatishning ko‘pligi ko‘ril­gan narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi”. Beruniy o‘zining o‘gitida: “Biliming shundayki, u yalang‘och bo‘lsang ham o‘zingda qoladi, uni hammomga kirganingdagi xo‘llik ham yo‘qota olmaydi”, -deydi. Beruniy inson xotirasini “Allohning tuhfasi”, deb hisoblaydi. U “tirishqoqlik va ko‘p shug‘ullanish bilan ham xotirani mustahkamlash mumkin”11, -deydi.
Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda tajribaga tayanuvchi fanlarning asoschilaridan bo‘lgan Beruniy tabiat hodisalarini bilishdagi nazariy-mantiqiy xulosa, qiyoslashning ahamiyatini benihoya katta ekanligini uqtirib o‘tadi. Beruniy tarixiy hodisa va voqealar haqiqatini bilishga taalluqli hamma masalalarni har taraflama o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi va bu bilan noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi.
Abu Ali Ibn Sino inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi, deb ta’kidlaydi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. «Sezish— bu shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi»,- deb yozadi Ibn Sino. Inson tafakkuri turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta e’tibor beradi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. «(Aql) tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim,— deb yozadi ibn Sino,— chin bo‘lolmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas». Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga e’tibor alohida o‘rin egallaydi. Bu masalada ham olim Forobiy boshlab bergan fanlar tasnifi haqidagi masalani yanada taraqqiy ettirishga harakat qiladi. Ibn Sinoning falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ush-shifo», «Kitob un-najot», «Donishnoma») falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, matematika, metafizika tartibida beriladi. Bulardan mantiq — bilishning metodi, mavjudotni o‘rganish, u haqda fikr yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. Ibn Sino mantiq ilmini tadqiq etishga katta e’tibor beradi, unga maxsus risolalar bag‘ishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi, mantiq fanini Forobiydan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantirdi.
Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy ta’limot bo‘lgan agnostitsizm vakillari inson dunyoni bilishga qodir emas, degan g‘oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz faylasufi D. Yum ta’limotiga ko‘ra, bilish ob’ekti, bilimlarimizning manbayi ob’ektiv borliq emas, balki sub’ektiv sezgi va idroklarimizdir, biz o‘z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz.
Nemis faylasufi I.Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob’ektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar o‘zida»ga bo‘ladi. Uning qarashicha, «narsalar biz uchun»ni inson bila oladi, «narsalar o‘zida»ni esa inson bila olmaydi. Kantning «narsalar biz uchun»i - bu insonni qurshab turgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiatham. «Narsalar o‘zida» esa: erkinlik, o‘lmaslik, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon to‘liq bila olmaydi. Kant o‘z bilish nazariyasida e’tiqodga o‘rin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga bo‘ladi, amaliy aql, uningcha, cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilishga ham ega bo‘lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasigacha unda aprior (lot. arp op — so‘zidan olingan bo‘lib, tajribadan oldin degani) bilimlar bo‘ladi. Bu aprior bilimlar tug‘ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo‘lgan bo‘ladi.
Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan iboratdir. Kant, ilmiy bilimning ishonchliligi va haqiqatligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi, deydi. Xullas, Kant o‘z falsafasida bilish nazariyasini birinchi bo‘lib falsafiy muammo sifatida atroflicha, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir.
Ingliz faylasufi F.Bekon, inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilish ning manbai tajribadir, sezgilar orqali olingan dalillarni inson tafakkur yordamida qayta ishlab chiqadi, deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq ekanligini, ularga xizmat qilishi lozimligini aytadi.
Fransuz faylasufi Dekart esa insonning dunyoni va o‘zini bilishi masalasi haqida to‘xtalib, birdan-bir to‘g‘ri bilish — tafakkurdir, deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq ekanligini, ularga xizmat qilishi lozimligini ham aytadi.
Insonning bilish qobiliyati, bilish imkoniyatlari, umuman olganda, cheklanmagan. Uning bilish imkoniyatlari fanlarning va amaliyotning rivojlanishi bilan yanada ortib boradi. Insonning bilishi faqat konkret avlod hayoti uchungina cheklangan, xolos. Lekin bu bilish butun insoniyat hayoti uchun cheksizdir, inson cheksiz dunyoni cheksiz bila boradi. Dunyoda inson bilib olgan va hali bilib ulgurmagan narsalar va hodisalarning tomonlari, xususiyatlari bor, xolos. Lekin bu - inson ularni bilishi mumkin emas, degan ma’noni bildirmaydi, balki ma’lum davr, ma’lum vaqtda inson - hozir bilmagan bu tomonlar va xususiyatlarni bilib olishi mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin