Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə38/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Germenevtik doiraning mohiyati. Falsafa tarixi ensiklopediyasida “Germenevtika – keng ma’noda, ijtimoiy borliqni tushunish sharti haqidagi falsafiy ta’limot, tor ma’noda, filologiya, huquqshunoslik, ilohiyotshunoslik va boshqa gumanitar sohaga taalluqli matnlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan metod va qoidalar to‘plami”52, deb ta’kidlangan. Lekin germenevtikaning qamrovi yuqoridagi ta’rifdan keng. Germenevtika shunchaki metod va qoidalar to‘plami emas, balki inson borlig‘ining alohida ontologik ahamiyatga ega bo‘lgan fenomenidir. Chunki germenevtika insonga tushunish va tushuntirish imkonini berish bilan borliqning (bor bo‘lish, mavjudlikning) muhim asosini tashkil qiladi. Ma’noni tushunish va talqin qilish esa hayot mazmunining tayanch bo‘g‘inidir.
Germenevtikaning manbalari yahudiy va xristian diniy matnlari, qadimgi yunon filologiyasida namoyon bo‘ladi. Qadimgi yunon filologiyasida germenevtika matnlarning qadimiyligi, fragmentar (mayda bo‘lakcha) tabiatga egaligi, ramziyligi va turli xil ma’noga to‘laligi natijasida falsafiy, diniy, adabiy asarni tushunish va talqin qilish muammolaridan kelib chiqqan matnlarni talqin qilish san’ati hisoblangan. Germenevtika faqat tarixiy matnni sharhlash nazariyasi bo‘lib qolmay, balki universallashgan, hatto oddiy o‘quvchi asarni anglab yetishi bilan bog‘liq hodisalarni qamrab oladigan ta’limotdir (anglash refleksiyasi barchaga xos). Ayrim manbalarda esa, unga - matnini tushunish va talqin etish sanati - interpretatsiya to‘g‘risidagi ta’limot, deb ham ta’rif berilgan.53
Ayrim manbalarda germenevtika sharhlash va tushuntirish san’ati, ko‘p ma’noli belgi, ishoralarni, hamda Gomer va qadimgi mutafakkirlar asarlarini talqin qilish ta’limoti sifatida ta’riflanadi. Keyinchalik, germenevtik an’ana diniy ilm ahliga muqaddas (Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on) kitoblarni sharhlash va tushuntirishda qadimiy yodgorliklarni tarjima qilishning haqiqiy san’ati (uslubi) sifatida xizmat qila boshlagan.
Qadimgi yunonlar, xususan Platon uchun germenevtika Xudolar so‘zlarini sharhlash, stoiklar uchun miflarning ilk oqilona ifodalanishi, Aristotel uchun sharhlashning turli metodlarini o‘rganuvchi fan hisoblangan.
Xulosa qilganda, tushuntirish – insonning hamkorlik faoliyatida bilish jarayonlari ob’ektiga kirgan narsa va hodisalarning mohiyatini fikr uzatish, o‘zaro ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanish, muloqot, taqlid yordami bilan oydinlashtirish, xotiradagi bilimlar va ijtimoiy tajribalar bilan ularni uyg‘unlashtirgan holda tushunish sari yetaklovchi aqliy faoliyatdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin