Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə45/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Murakkab hukmlar. Hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar ...unda» kabi mantiqiy boglamalar, inkor kilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarni uzaro birikishidan xosil bo‘ladi. Mantiqiy boglovchining mazmuniga kura murakkab hukmlarning kuyidagi asosiy turlarini fark kilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham », «ham da» kabi mantiqiy boglovchilar vositasida uzaro birikishidan xosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1. «Kungirok chalindi va dars boshlandi».2. «A.Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muham mad Xorazmiy va Axmad Fargoniylar matematika fanining rivojlanishiga katta xissa qo‘shganlar».
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustakil oddiy hukmning boglanishidan xosil bo‘lgan. Ikkinchi hukmda bir xil sub’ektga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm uzaro boglangan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa, bir xil predikatga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm uzaro boglangan. Uzbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «birok», kabi boglamalar va (,) vositasida ham tuziladi. Mantiqiy boglamalar kon’yunksiya belgisi, «^ » orqali ifodalanadi.
Kon’yunksiya (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «P» va «Q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm «P^Q» formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo‘lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo‘ladi. Boshqa hamma xolatlarda esa, xato bo‘ladi. Masalan, «Yolg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir» hukmdagi birinchi oddiy gap «Yolg‘on gapirish jinoyatdir» chin bo‘lmagani uchun, bu hukm chin bo‘lmaydi.
Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy boglamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu boglovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». Ayiruvchi boglamalar «V» - diz’yunksiya belgisi orqali ifodalaniladi. Ayirivchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bulinadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo‘lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo‘ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm (pvq) formulasi bilan, qat’iy diz’yunktiv hukm PvQ formulasi bilan belgilanadi. Diz’yunktiv hukmlarning chin shartlari quyidagicha :

p

q

pV q

Chin
Chin
Xato Xato

Chin
Хато
Chin
Xato

Xato Chin
Chin
Xato





p

q

pV q

Chin
Chin
Хato
Xato

Chin
Xato
Chin
Xato

Chin
Chin
Chin
Xato



«X.X.Niyoziy shoir yoki drаmаturgdir». Bu oddiy diz’юnktiv hukm. «Аbdullаyev musobаqаdа yo yutаdi, yutmаydi». Bu qаt’iy diz’yunktiv hukm.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin