Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Tushunchalarni bo‘lishning maqsadi va tuzilishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə43/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Tushunchalarni bo‘lishning maqsadi va tuzilishi. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
Yakka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Mars planetasi yakka tushunchadir. Umumiy tushuncha predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta» tushunchasi umumiy tushuncha hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz.
Fikr yuritish jarayonida umumiy tushunchalar ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalar tarzida bo‘lishi mumkin. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. To‘plovchi tushuncha ham umumiy tushuncha bo‘lib, u aks ettirgan belgilar shu umumiylikni tashkil etuvchi har bir predmetga taalluqli bo‘lmaydi. Masalan, “konferensiya” – to‘plovchi, “konferensiya ishtirokchisi” – ayiruvchi.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks yettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari – konkret tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Sistemalilik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Bazi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin