Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Axloqning normalari, tamoyillari, me’yorlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə56/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Axloqning normalari, tamoyillari, me’yorlari. Axloq normalari, axloqiy yetuklik mezonlari ma’lum bir tarixiy davrning, sharoitlarning imkoniyati va ehtiyoji bilan belgilanadi. Axloqlilik va axloqsizlikning mezonlari bu har bir muayyan davrdagi kishilarning hatti – harakatlarini konkret sharoitlardan, ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ta’qiqlash yoki ma’qullashdir. Axloqiy ta’qiqlar esa jamoatchilik fikri, qonunlar turli e’tiqodlar asosida belgilanadi. Axloqiy yetuklik darajasini ham bir shaxs emas, balki jamoatchilik belgilaydi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni axloqiy yoki g‘ayri axloqiy deb baholash jamiyat a’zolarining iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, manfaati darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Odoblilik - kundalik hayotda axloq qoidalariga rioya qilish – odobdir. Odob axloqiy fazilatlarni insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir, hamda jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, hatti – harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Insoniyat paydo bo‘libdiki, muayyan odob doirasida bo‘lishga, yaxshi nom qoldirishga intiladi. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl–nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi. Bejizga mutafakkir Abu Mansur as Saolibiy: “Har bir kishi o‘ziga qarab ta’rif qilinsa, ishiga qarab tavsiflanadi, maqtaladi. Fazilat nasl–nasab bilan emas, aql–adab bilandir” 58 - deb bejiz aytmagan.
Kundalik turmushda uchrab turadigan, o‘zimiz sezib–sezmaydigan, ammo bilishimiz va har qadamda qo‘llashimiz zarur bo‘lgan odob qoidalari mavjud. Oddiy xatti – harakat, chiroyli xulq – atvor natijasida katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Shuning uchun, odob qoidalariga (mayda–chuydalar sifatida) befarq qarab bo‘lmaydi. (Inson yirik ishlarda xatoga yo‘l qo‘ymaydi, balki mayda – chuydalarga e’tibor bermasligi tufayli jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi.) Shu bilan birgalikda insonning aql–idroki bo‘lmasa, uning odobi yuzaki, sun’iy chiqadi. Qilingan xatti-harakatdan uning insonligini bilib turamiz–u, lekin odamiyligi yo‘qligidan nafratlanamiz.
“Luqmon hakimdan: “Odobni kimdan o‘rganding?” deb so‘radilar. Luqmon javob berdi: “Odobni beodoblardan o‘rgandim, ularning harakatlaridagi menga maqbul bo‘lmagan narsalardan o‘zimni saqladim!” 59
Tarbiyalangan kishining har bir xatti–harakati boshqalarda unga nisbatan hurmat uyg‘otadi. Shunga ko‘ra, yaxshi tarbiya ko‘rgan, odobli kishi bo‘lishga intilish har bir insonga xos bo‘lmog‘i lozim.
Axloq – ma’naviyatga nisbatan surat, tashqi jihat bo‘lsa, odob – o‘z navbatida axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishidir. Inson odobi uning barcha axloqiy fazilatlarini namoyon eta olmaganidek, shaxsning barcha axloqiy sifatlarini bir yerga jam qilganda ham, uning ma’naviy dunyosini to‘liq qamrab olib bo‘lmaydi. Insonning hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan o‘zining ma’naviy olamini boyitib boradi. Inson aqlan va axloqan boyigan sari o‘z oldiga ulug‘vor vazifalarni qo‘yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. Harakat esa ma’naviy poydevorni talab qiladi. Axloqiy qadriyatlarga rioya qilishni har bir shaxs o‘zidan boshlashi kerak. Eng asosiy narsa axloqiy qadriyatlarni bilish emas, balki ularga amal qilishdir. Shaxsning faoliyatiga nisbatan axloqiy bahoni jamoatchilik beradi. Zero, axloqlilik – shaxs faoliyatining jamoatchilik belgilagan ma’naviy mezonlariga mos kelishidir. Barcha axloqiy hatti – harakatlarning ma’naviy asosi bo‘lgan iymon va vijdon tushunchalari inson hayotining ichki ruhiy qonunidir. Axloq muammolari tahlilida inson ko‘proq shu ichki qonunga tayanib ish ko‘radi.
Axloq va axloqiy normalar kishilar faoliyatining muayyan sohasigagina taalluqli bo‘lmay, balki xalq hayotining hamma jabhalariga kirib boradi. Axloqiy xislatlar sohasi ko‘plab masalalarni, ya’ni fuqarolik jamiyatining axloqiy mezonlariga, bozor iqtisodiyoti sharoitining axloqiy qarashlariga bo‘lgan munosabati va boshqalardan tortib to zamonaviy turmush qoidalari, shaxsiy xulq-atvorgacha bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ongni qayta qurishda axloqiy tarbiyaning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ma’lumki, insonning botiniy go‘zalligi bevosita axloqiy fazilatlar va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki, axloq, avvalo, ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Bu xususda akademik E.Yusupov: «Axloq insonning konkret sharoitlarda bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi hamdir, - deydi. - Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir. Axloq yo‘q joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va yomonlik, yovuzlik, haqlilik va nohaqlikka nisbatan muayyan munosabat shakllanadi»60.
Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, xulq ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchisi - yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular kiradi. Bular o‘z navbatida insonda hulqiy go‘zallikni namoyon qiladi va insonni axloqiy jihatdan kamolotga etkazadi.
Ikkinchisi - yomon, hunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’ma­girlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, badjaxllik, bachkanalik, dilozorlik, andishasizlik, bevafolik, berahmlik, tovlamachilik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari yetaklaydi va ma’naviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan kishilar umum tasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi.
Axloq murakkab tuzilishga ega bo‘lib, asosan uch tarkibiy qismdan iborat ular: axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlardan tashkil topadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin