Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy ahamiyati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə57/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy ahamiyati. Gedonizm (qadimgi yunon. – zavqlanish, rohatlanish) – insonning butun hayot mazmuni rohatlanishdan iborat, degan g‘oyani ifoda etadigan tushunchadir.61 Qadimgi davr axloqshunosligida gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti) hayotning ma’nosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan ta’limotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuhrat ketidan quvish» kabi ma’nolarini ham anglatmoqda.
Gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti) — bu o‘ziga xos hayotga bo‘lgan yondoshuv bo‘lib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pog‘onasiga lazzatlanish va huzurbahshlik qo‘yiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi qadimgi yunon faylasufi Aristipp Kirenskiyning ta’limotlariga borib taqaladi. Faylasuf axloqshunoslikning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni huzurbaxshlik bilan bog‘laydi. Ya’ni, nima insonga huzur baxsh etsa shu yaxshilikdir, degan xulosaga keladi. Bunday xulosa o‘sha davrning aksariyat olimlarining bu yondoshuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yo‘nalishini paydo qilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Shu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik va o‘zini to‘liq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala boshlandi.
Falsafa qomusiy lug‘atida Gedonizmga shunday ta’rif berilgan: “Gedonizm –yunoncha lazzatlanib umr kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil etish lozim, degan qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga intilish. Qadimgi Yunonistonda Aristin va Elinur gedonizmning asoschilari hisoblanadi. Yangi davr falsafasida bu g‘oyani Mill va Bentam tomonidan qaytadan tiklashga harakat qilingan. Falsafada gedonizmga ko‘proq moddiy boyliklarga e’tibor berish asosida hayot kechirish, deb qaraladi. Bu hol gedonizm g‘oyalarini mutloqlashtirish sharoitida hosil bo‘ladi. Aslida esa, ko‘pincha gedonistlar inson uchun eng yaxshi jamiyat – farovon va moddiy boyliklar mo‘l-ko‘l bo‘lgan davr, deb hisoblaydilar. Ammo bu qarash ayrim hollarda, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni susaytiradi, ular ahamiyatini to‘g‘ri anglashga hal aqit beradi.”62
Yillar osha bu qadimgi tushuncha global ahamiyatga molik axloqiy masala sirasiga kira boshladi. Dunyo miqyosida hozirgi kunda huzurbaxshlik ta’limotining ta’siri kun sayin kuchayib bormoqda. Yashashga bo‘lgan intilish ashyoviylik, moddiylik bilan yo‘g‘rilib, insonlarni elkasiga yanada og‘irroq bo‘lgan yuklamani ortmoqda. Natijada zamonaviylik «hayotdan to‘liq zavq olish» shiori ostida uni yanada yorqinroq, chiroyli va dabdabali kunga aylantirishga intilish kuchaydi. «Sabr», «shukr», «minnatdorchilik», «kelajakka umid» degan tushunchalar nozamonaviylik, noreallik tarzida qabul qilinyapti. Bunda eng yaxshi hayot tarziga ega bo‘lish eng yaxshi narsalarga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Qimmatbaho buyumlar, mazali taomlar, eng yaxshi moddiy ta’minot baxtning belgisi sifatida namoyon bo‘lar ekan, axloqiy anglash muammosi bu borada qay darajada muhim ekanligini belgilaydi.
Shu jihatdan ham, hozir ushbu ta’limot sog‘lom va nosog‘lom turlariga ajrala boshladi. Nosog‘lom turi nafaqat o‘zini, balki boshqalarning ham hayoti, ya’ni yashash tarziga «halaqit» beradi. Aynan moddiy yetishmovchilik tufayligina boshqa insonlarni qadrini, oriyatini, izzatini oyoqosti qiladi. Ularni tahqirlaydi. Insonning mohiyati emas, uning tashqi ko‘rinishi, u bog‘langan va foydalanayotgan narsalariga bo‘lgan qiziqishning kuchliligi, Kamyu tili bilan aytganda obyektni sizdan «begonalashuviga» olib keladi. Biz o‘zimiz bilmagan holda uni nafratiga sabab bo‘lamiz. Unda o‘zini yoki boshqalarni o‘limiga intilish hissini uyg‘otamiz.
Gedonizm ta’limotining sog‘lom turi boshqalarning hayotini ham yaxshi o‘tishiga to‘sqinlik paydo qilmaslikdir. Misol uchun, siz jamoat transportida ketyapsiz. Qulog‘ingizga uyali aloqa vositasining quloqqa taqadigan jihozini (quloqchin) taqib musiqa eshitib ketyapsiz. Ammo bu jihozdan aksariyat holda ya’ni, siz eshitayotgan musiqani shovqinli, asabga qattiq tegadigan ovoz chiqaradi. Siz ertalabki tiqilinchni sezmaslik, o‘zingizda yaxshi kayfiyatni uyg‘otish uchun qo‘shiqdan huzur qilsangiz, atrofdagilarning asabi buziladi. Shundoq ham qiyinchilik tug‘dirayotgan bu sharoit yanada og‘irlashadi. Sizni bekatdan tushib qolishingizni istaydilar. Huzurbaxshlik ta’limotini sog‘lom turi insonning o‘z burchini his qilishi, boshqalarni erkiga, izzat-nafsiga tegmaslikni talab qiladi. Bu zamonaviylikni faqat yaxshilik bilan bog‘liq xususiyatlarini o‘zida mujassam qilishni, turmush go‘zalligini, inson go‘zalligini, atrof-muhitni go‘zallashtirish, hayotni ma’nosini to‘laqonli bo‘lishiga intilishda ko‘rinadi.
Gedonizm axloqshunoslikning huzurbaxshlik yo‘nalishi bo‘lib, unda hayotning maqsadi hayotning yuksak ne’matlariga intilish va undan lazzatlanib, zavqlanib yashash bilan belgilanadi.
Aslida huzurbaxshlik ta’limotiga ergashish salbiy xususiyat kasb etmaydi. Insonni hayot qiyinchiliklaridan o‘tishda uning mehnati samarasi katta ahamiyat kasb etadi. Turli ruhiy, jismoniy zo‘riqishlarga uchragan insonga ruh bag‘ishlaydi. Mehnat estetikasi inson mehnat jarayonida zavqlangani uchun ham mehnatga intiladi, unda o‘zini erkin va komil his qiladi, degan fikrni ilgari suradi. Zotan mehnatda inson o‘zining asosiy mohiyatini topadi: u yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa estetik zavq baxsh etadi.
Huzurbaxshlik ta’limoti ham etikaning muhim g‘oyalaridan – inson uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlari, moddiy qadriyatlar uning qadr-qimmati bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari suradi. Bu falsafiy yo‘nalish asoschisi Suqrotning zamondoshi Aristipp (435—355 yy.) inson ruhini ikki holati haqida gapiradi: huzurlanish mayinlik va nafislik sifatida, iztirob esa qo‘pol va ruhiy qo‘zg‘alish xususiyatlariga ajratadi. Aristipp fikricha baxtga erishuv hushurbaxlikning yuksak cho‘qqisiga iztirobga tushmasdan amalga oshishi kerak. Hayotning ma’nosi uningcha aynan shunday natijaga erishish bilan bog‘liq.
Epikur esa lazzatni hayotni yo‘lga qo‘yishning tamoyili sifatida ko‘radi. Huzurbaxshlikni Epikur nafrat va yoqimsiz narsalardan ozod bo‘lish deb tushunadi. Unda asosiy maqsad huzurbaxshlikning o‘zi emas, balki baxtsizlik va iztiroblarlardan qutulishdir.
Axloqqa taalluqli huzurbaxshlik esa bir necha nazariy turlarga ajralib ketadi. Inson o‘zinigina qoniqishi uchun intilishi (xudbinlik gedonizmi), yoinki jamiyatni farog‘ati uchun harakat qilishi lozim (universal gedonizm yoki utilitarizm). Sidgvikdan farqli o‘laroq Bentam: «Tabiat insonni ikki hukmdor – iztirob va quvonchning qo‘liga topshirib qo‘ygan. Ular bizga bugun va ertaga nima qilishimiz kerakligini aytib turadilar»63, deb yozadi.
Keyinchalik bu axloqiy yondoshuvlar estetika sohasi bilan uyg‘un tarzda shakllana boshlandi. Misol uchun, turmush estetikasi, texnika estetikasi, dizayn va intererlarning go‘zalligi. Teatr, musiqa, umuman, san’at turlari va ko‘ngilochar sayllardan olinadigan huzurbaxshlik va h.k. Shu tariqa huzurbaxshlik ta’limoti bir necha yo‘nalishga ajraladi.
Gedonizmning qaysidir ma’noda davomchisi sanalgan yana bir yo‘nalishlardan biri evdemonizmdir. Evdemonizm (grech. ευδαιμονία — barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) — inson asosiy faoliyatining baxtga erishuvga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axloqshunoslik yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Evdemonizm yo‘nalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt haqidagi ta’limoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tushunchadir.64 O‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga etishuv ta’limoti) Foma Akvinskiy ta’limotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida uni tan olmoqdir, degan g‘oyani tasdiqlar edi. Falsafa qomusiy lug‘atida bu yo‘nalishga shunday ta’rif berilgan: “Evdemonizm yunoncha baxt – saodat, rohat – farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsadi, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish. Evdemonizm yunon etikasining asosiy prinsiplaridan biri bo‘lib, u Suqrotning shaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. Evdemonizm baxt-saodatni ma’naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma’noda, jismoniy va ma’naviy qadriyatlarning majmui tarzida tushuniladi.”65
Evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoqlovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farqli o‘laroq huzurbaxshlik bu yerda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bog‘lanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuksak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis ma’naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya holatidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi.
Ammo asosiy evdemonizm yo‘nalishi tanqidchilaridan Immannuel Kant haqiqiy axloqiy faoliyatning asosida baxt emas, burch turishini ta’kidlaydi.
Zamonaviy ruhshunoslikda bu yo‘nalish ijobiy, amaliy ruhshunoslik sifatida evdemonizm haqidagi qadimgi yunon faylasuflarining ta’limotini o‘rganmoqda.
Sharq falsafasiga esa, baxtga erishuv haqidagi bu ta’limotni buddhachilikning nirvanaga erishish uchun barcha iztiroblardan qutulishga intilish va shu bilan to‘laqonli baxtga erishuvga nisbat beriladi. Dalay-Lama (XIV) qarashlari «Inson hayotining asosiy maqsadi – baxtdir. Bu shubhasiz. Biz qanday e’tiqoddaligimizdan qat’iy nazar — dahriy yo Xudoga ishonamizmi yo‘qmi, buddhachi yo nasroniy, — barchamiz hayotda eng yaxshi narsani izlaymiz. Shu tariqa, mening fikrimcha, hayotimizdagi asosiy faoliyatimiz — bu baxtga intilishdir»66. L.A.Seneka yaxshilikning o‘zi baxtli bo‘lish uchun yetarlidir, deb hisoblasa, Spinoza baxt – yaxshilik uchun qilingan mukofot emas, balki ezgulikning o‘zidir, degan xulosaga keladi.
Demak, inson haqiqiy baxtli bo‘lgandagina huzurbaxshlikka erishadi. Baxt esa, avvalambor axloqiy faoliyat bilan chambarchas bog‘liqdir.
Diniy yondashuvga ko‘ra, hamma narsani, ya’ni yer va osmon, butun mavjudot Alloh tomonidan yaratilgan, u odamzodga axloqiylik va ezgulik fazilatlarini xudoning borligini tanish, uning izzat-ikromi va olqishlariga sazovor bo‘lishi uchun bergan. Masalan, islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»da: «Mashriqu mag‘rib Allohnikidir. U pokdir. Albatta, osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma unga bo‘ysunuvchidir. U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Kimki yaxshilik qilgan holda o‘zini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaslar»67, – deyilgan. Demak, ularning fikricha, axloq Allohning izmidadir. Uning vazifasi Alloh tomonidan buyurilgan narsa – axloqiy me’yor va boshqa qonun-qoidalarni so‘zsiz bajarishdan iboratdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin