Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Axloqning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlari. Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə59/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Axloqning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlari. Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida. Etikaning mezonlari, asosiy tushunchalari va me’yorlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari, alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan joylardagi sharoitlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Ularni biron-bir shaxs yaratmagan, u muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va ma’naviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonun–qoidalar hisoblanadi. Bular orasida axloqiy tamoyillarning muhim o‘rni bor. Axloqiy kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada, tamoyillar inson xatti-harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Quyida biz ana shulardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz.
Vatanparvarlik bu tamoyil bir ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan insonlarning o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf-odatlarini, milliy obro‘si, qadr–qimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga tayanishi, boshqa xalqlarning ham obro‘–e’tiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini ifodalovchi ma’naviy fazilatdir. Vatanparvarlik insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha bo‘lib, u ayni paytda Vatan va millat oldidagi mas’uliyat va burchni anglash tuyg‘usi hamdir.
Vatanparvarlik ayni paytda yetuk ma’naviyatdir. Ma’naviyati zaif bo‘lgan xalqda vatanparvarlik tuyg‘usi ham yuksalmaydi. Bu xususda faylasuf olim E.Yusupov shunday deydi: “Vatanparvarlik muayyan milliy madaniyat, mafkura, e’tiqodlar asosida shakllanadi va rivojlanadi. Shu ma’noda hozirgi milliy istiqlol mafkurasi mustaqil O‘zbekiston vatanparvarligining nazariy asosini tashkil etadi. Shu mafkura asosida shakllangan vatanparvarlik umummilliy fazilat sifatida shakllanadi va saqlanadi.”74 Xalqimizning vatanparvarlik e’tiqodi mamlakatimiz istiqloli va istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy iqtisodiy, ijtimoiy mafkuraviy muammolarni chuqur anglab yetish asosida shakllanadi.
Vatanparvarlik g‘oyatda serqirra bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadr-qimmatini, taqdirini, istiqbolini qancha ko‘p anglashilsa, kishilarda vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha baland bo‘ladi. Bu jarayon cheksizdir. Chinakam vatanparvarlik millat, Vatan manfaati bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida mehnat qilish hamda kurashishdir. Vatanparvarlik tuyg‘usi milliy ong, milliy iftixor, o‘zlikni anglash singari fazilatlar bilan birga shakllanadi.
Shuningdek, vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog‘lagan barcha kishilarga xos axloqiy fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro‘-e’tibori ham shu millat kishilari vatanparvarlik tuyg‘usining darajasi bilan bog‘liqdir.
Vatanparvarlikning yana bir belgisi davlat va jamiyat manfaatlarini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishdir. Haqiqiy fidoiylik vatanparvarlikning asosiy belgisidir. Fidoiylik el-yurtga bo‘lgan sadoqatdan va muhabbatdan boshlanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin