Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə67/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, ananaviy axloqiy meyoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. SHu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfellilik singari axloqiy meyorlarda namoyon qiladi.
Ayniqsa bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uni ko‘proq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobidir. Bu borada mutasavvif olimlarimizdan Imom G‘azzoliy bir qancha o‘rinli fikrlarni bildiradilar:«Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni do‘st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo‘qki, maxfiratga sabab bo‘lmoqg‘a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda»84.
Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi meyordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib keladi. YOmon insonlarning yomon ligi aynan muomaladan kelib chiqadi. YAni, yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bo‘lsa ham, o‘sha yomonning yo‘lida yurishga chorlaydi.
Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy go‘zalligini yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir-biriga bog‘lovchi, YAqinlashtiruvchi, katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonnning go‘zal xayot kechirishida, jamiyat orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalar tomonidan hurmat ehtiromga erishuvida muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, manodorligi uning ziyoliligi, bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi.
“Muomala SHaxslararo munosabatning shunday ko‘rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, tasir o‘tkazadilar va tasirlanadilar”.85
Muomala qilishni bilish – avvalambor, suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Muomala odobi boshqa, kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, ananaviy axloqiy-meyoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi nutq vositasida amalga oshadi. So‘zlash va tinglay bilish suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfellik singari axloqiy meyorlarda namoyon qiladi.
Muomala shaxslararo munosabatning shunday ko‘rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, tasir o‘tkazadilar va tasirlanadilar.
Muomala madaniyatida xushfellik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy meyorlar muhim sanaladi. Biz shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin