Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə69/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Hayo-ibolilik. Xondamir, Vosifiy va boshqa zamondoshlarning asarlaridan bilamizki, Navoiy g‘oyat tabiati nozik, pok, xushxulq va o‘ta nazokatli kishilarni yaxshi ko‘rgan, o‘zi ham juda noziktab inson sifatida nom qozongan. SHu sababli, u «Mahbub ul - qulub» asaridagi «tanbeh»larida hayo, beozorlik sifatlariga alohida urg‘u berib tariflaydi. Vafo va hayoni uyg‘unlikda ko‘rgan shoir «vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q» deb takidlaydi. Demak, bu tushunchalar bir-biriga juda vobasta. CHunki, marifatli, komil insonlar hayoli va vafodor kishilardir. Vafosizning jabri qancha bo‘lsa, hayosizning shallaqiligi, betga choparligi, beandishaligi ham shuncha ozor keltiradi.
Muloyimlik. Muloyimlik barcha mutafakkirlar nazarida kishining maqbul sifatlaridan biri, deb etirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik «xilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir manoni anglatadi. Bu tushuncha achchig‘lanmaydigan, ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab gapiradigan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Biroq, muloyimlikning kamchiligi shuki, bunday sifat sohiblari aksar odamlarga yoqmaydi.
Beozorlik. Insonlarning tabiatidagi xusumat, adovat, g‘azab kabi illatlar bu kabi odamlardan holi. Ular barcha masuliyatni o‘z zimmasiga olsalar-da birovga YOmonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalar zimmasiga yuk lamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr bilan muomala qilmaydilar.
Umuman olganda, axloqiy meyorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘xtalib o‘tdik. SHunday ekan, muomalada pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz: agar axloqshunos likning mezoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq - ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy meyorlar bir-biri bilan shu darajada chambarchaski, bazan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin