Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə62/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Kamtarlik bu – avvalo o‘z-o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch–quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, kishilar bilan shunchalik sodda va kamtarlik bilan muomala qiladi, o‘z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. O‘zgalarga shirinso‘z bo‘ladi, boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, sohta shuhrat ketidan quvmaydi, yutuqlaridan esankiramaydi.
Kamtarinlik tortinchoqlik va andishalilikdan farq qiladiki, ular insonning qadr-qimmatini tushirib qo‘yish ehtimoli bor. Kamtarlik hokisorlik va samimiylikdan kelib chiqadi. U kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson ichki ma’naviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi. Tarbiya ko‘rgan, odobli kishini uning kamtarligidan ham bilib olish mumkin. Barcha insoniy fazilatlar ichida eng e’zozlisi kamtarlikdir. Kamtarlikning qarama-qarshi tomoni takabburlikdir. Ularning biri, insonni insonga yaqinlashtiradi, ikkinchisi esa, uni odamlardan uzoqlashtiradi.
Adolat. Bu axloqiy, siyosiy-huquqiy kategoriya. Adolat jamiyat barqarorligini ta’minlovchi eng muhim axloqiy tushuncha. Adolat insonlarning bir-biriga, davlatni fuqarolarga bo‘lgan munosabatida o‘zaro muvofiqlikni ifodalaydi, qonunlarga rioya qilishni bildiradi. Manbalarda adolat deyilganda, ijtimoiy munosabatlarning faqat me’yor-o‘lchovi, tosh-tarozusi tushunilmaydi, balki adolat va adolat mezoni tushunchalari orqali axloqiy mehr-muruvvat, kishilar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan qadriyat, deb qaralib, bu tushunchaning ijtimoiy mohiyati belgilanadi. Adolatning ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Adolat jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyatiga ega bo‘lib, unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Adolatni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi, ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda zulm va zo‘ravonlikka, o‘zboshimchalik va beboshlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bois, ma’naviy yetuklikning eng yuksak belgisi adolatlilik, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Bejizga Davlatimiz rahbari parlamentga qilgan murojaatlarida adolatga quyidagi bahoni bermaganlar: “Men bir fikrni takrorlashdan charchamayman: xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolatni hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylanishi shart.78” 
Adolat axloq va huquq tushunchasi sifatida axloqiy va huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, insonlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchov hisoblanadi.
Adolatning axloqiy tushuncha sifatidagi o‘ziga xosligi ayniqsa, huquqda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Huquq vazirligining hatto adliya vazirligi deb atalishi, jinoyatga yarasha jazoni belgilovchi, hukm chiqaruvchi idoralarning “Odil sud” degan nomlar bilan yuritilishi buning dalilidir. Lekin, adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to‘g‘ri emas. U, yuqorida aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonini ham o‘z ichiga oladi. Shu bois xalq orasida ming yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Hozirda ijtimoiy adolat muammolari inson huquqlari va demokratiya g‘oyalari bilan uzviy bog‘liq holda talqin etiladi. Xalqaro huquq sohasidagi hujjatlarda ham bu tushunchaga jiddiy e’tibor berilmoqda. Jumladan, BMT hujjatlarida ijtimoiy adolatga shunday ta’rif beriladi: «Ijtimoiy adolat insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirishni va moddiy resurslarni adolatli taqsimlashni anglatadi. Bu sohadagi faoliyat sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi muhim xizmatlarga umumiy dahldorlikni ta’minlash, dastlabki bosqichida teng imkoniyatlarni yaratish, noqulay (nochor) vaziyatdagi shaxslarni himoya qilish, iste’mol hamda daromadlar olish kabi sohalarda muvozanatni (mutanosiblikni) ta’minlashga qaratilgandir».79
Adolatga ijtimoiy munosabat sifatida qaralar ekan, shu o‘rinda uning siyosiy-huquqiy kategoriya sifatidagi o‘ziga xosligi ham masalani mohiyatini yoritishda muhimdir.
Burch – ado etilishi, bajarilishi majburiy bo‘lgan vazifa, majburiyatdir. Demak, burch – qilinishi shart bo‘lgan ish, vazifa. Burch - biror xatti-harakat uchun javobgarlik hissidir. Avvalo, bu tushunchalar axloqiy va shu bilan birga huquqiy tushuncha hamdir.
Axloqiy nuqtai nazardan qaraganda burch ijtimoiy-insoniy vazifalarni bajarishda keng namoyon bo‘ladi. Burch eng avvalo oilaviy munosabatlarda mujassamlashadi; ota-onalik burchi; siyosiy va huquqiy burch; vatan oldidagi burch shular jumlasidandir. Davlat, jamiyat va xalq oldidagi burch aytish joiz bo‘lsa, har bir inson – fuqaro hayot mazmun-maqsadi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda Vatan oldidagi burch millat oldidagi burch bilan chambarchas bog‘lanib ketadi.
Burch manbaini, asosini ijtioiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida namoyon bo‘ladi. Burch va mas’uliyat muhim axloqiy fazilatlardir. Ayniqsa, vatan va xalq oldidagi burch va mas’uliyatni chuqur tushunib, unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi.
Baxt - hayotning ma’nosi bo‘lmasa, haqiqiy baxtning bo‘lishi mumkin emas. Baxt inson hayotining umumiy bahosidir. Baxt inson o‘z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga etganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma’noda, buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», – deganida ko‘p jihatdan haq edi.
Baxt – insonning yurish – turishi, turmush sharoitlari, jamiyatdagi o‘rniga berilgan axloqiy bahodir. Baxtning mazmuni insonning shaxsiy hayoti doirasi bilangina belgilanmaydi. O‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan, boshqalar bilan iymon, insof, adolat, asosida munosabatda bo‘la olmaydigan odamni baxtli, deb bo‘lmaydi. Baxt insonlar o‘rtasidagi munosabatlar asosida belgilanadi. Kimki jamiyatda, insonlar orasida o‘zining halol mehnati, axloq – odobi, boshqalar bilan odilona, halol munosabati asosida obro‘, e’tibor ortirsa – o‘sha baxtli odamdir. Baxt har bir insonning shaxsiy hayotiga bevosita daxldor bo‘lsa ham, uning mezonlarini jamiyat, jamoatchilik belgilaydi. Inson o‘zining qay darajada baxtli ekanini anglamoqchi bo‘lsa, o‘zining mol – dunyosi, oilaviy hayotigagina emas, balki boshqalarning unga bo‘lgan munosabatiga ham tayanmog‘i lozim. Oilasi totuv, farzandlari axloqli, odobli, e’tiqodi mustahkam insonlar ham o‘zlarini baxtli, deb hisoblaydilar. Lekin, inson o‘zining oilaviy baxtiga, farzandlarining yurish – turishiga, e’tiqodi qay darajada mustahkamligiga boshqalarning nuqtai nazaridan ham qaray bilishlari shart. Bu ham insonning axloqiy kamoloti darajasiga bog‘liqdir.
Baxt ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansada, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin