Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə60/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Millatparvarlik va mas’uliyat tuyg‘usi kuchli bo‘lgan insongina millatning ravnaqi va istiqboli yo‘lida olib borayotgan maqsadlariga erishadi. Xalq hayoti turli inqirozlarga, tanazzullarga uchramasligi uchun yoshlarda millatparvarlik va mas’uliyat tuyg‘usini yanada kamol toptirishga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Milliy davlat, til, madaniyat, axloq, qadriyatlar, an’analar rivojlanishi, yuksalishi uchun milliy birlik va birdamlikning barqarorligi zarur. Millatga xos ma’naviyatning barcha jabhalarini milliy ong o‘z ichiga qamrab oladi. U o‘z mohiyati jihatidan milliy birlik va birdamlik tuyg‘usiga nisbatan kengroq va chuqurroqdir. Millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida milliy ong ham o‘zgarib, rivojlanib boradi.
Insonparvarlik. Bu tamoyil – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonchdir. Insonparvarlik – odamiylikdir. Insonparvarlik axloqiy prinsip sifatida kishilarning xulqini bir-biriga hurmat va g‘amxo‘rlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti – harakatlarni bildiradi. Uning tub mohiyati inson zotini hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda baxt-iqboli yo‘lida doimo fidokorlik bilan kurashish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir. Insonparvarlik – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch.
Axloq kategoriyalari. “Kategoriya” so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi “hukm”, “guvoh”, “ifodalash”, “ta’rif berish” , “fikr aytish” degan ma’nolarni anglatadi. Har bir katigoriyaning o‘ziga xos jihatlari va bajaradigan maxsus vazifalari mavjud.
Axloqning eng asosiy kategoriyasi muhabbat hisoblanadi. Barcha kategoriyalar, tamoyillar va me’yorlar zamira ham muhabbat tushunchasi yotadi. Faylasuf olim Abdulla Sher muhabbat kategoriyasini shunday izohlaydi: “Muhabbatning obyekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir obyektni sevgan kishi boshqa obyektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘z-o‘zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu obyekt bilan subyekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk, eng mukammal lazzatdir.”75

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin