Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Zamonaviy shaharsozlik estetikasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə84/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. Inson hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan makonning loyihasini yaratish va uni qurish me’morlik san’atining mazmunini tashkil etadi.
Zamonaviy G‘arb adabiyotlarida arxitektura xususida qiziqarli fikrlar keltirilgan. Xususan; “Binoni chiroyli tasavvur qilishning ikkita usuli bor: birinchisi tabiat hodisasi, ikkinchisini san’at asari deyishimiz mumkin. Insonlar binolarni kundalik hayoti uchun yaratishadi. Biroq qushlar, bo‘rsiqlar, arilar va suv qunduzlari ham insonlar kabi o‘z turar joylarini yaratishadi. Bundan tashqari biz bu tabiiy turar joylarni go‘zallikka qiyoslaymiz. Nima sababdan biz binolarni hayvonlar turar joylari singari ko‘rmaymiz? Yoki, aksincha uya, in, arixona va shu kabilarni arxitektura sifatida ko‘rmaymiz? Bu ikkita savolga yagona javob bor. Biz arxitekturani san’at sifatida bilamiz. Ya’ni, biz yaratgan binolarimizni arxitektura deb bilmaymiz, ularni tabiat go‘zalliginig qismi va tabiat dunyosida qurilgan joylarni san’at asarlari deb hisoblamaymiz. Ularda tiriklik tabiati yozilgan. Bizning arxitekturaga bo‘lgan munosabatimiz arxitektor binoni chizayotgan shakliga e’tibor berishimiz bilan qiyoslanadi. Biz arxitektorning muammoga estetik yechimini uning qisqacha chizmasidan ko‘ra olamiz”101. Me’morchilik ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatga taalluqlidir. Me’morchilikning badiiy tomoni amaliy tomoniga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Me’morchilikda badiiy (obrazli ifoda), avvalo binolar yoki ular majmuining ahamiyatliligida ko‘rinadi. Bu hol uning badiiy imkoniyatlarini yanada oshiradi va me’morchilik xususiyatlarni belgilab beradi. Alohida inshoot yoki ular majmui tarzidagi me’morchilik asarlari tarixiy davr yaxlit obrazini vujudga keltiradi. Me’morchilik amaliy-foydali tomonlari bilan birga badiiylikni ham birlashtiradi. Binolar konstruksiyasida kompozitsiya me’moriy asarlarda ishlatiladigan badiiy vositalarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlaydi. O‘ymakorlik uchun spetsifik va asosiysi badiiy vositalarning ifodalanishi ya’ni uning formalarini fazo va tektonikani tashkil qilishdir. (Tektonika-konstruksiya va material ishlashining tashqi badiiy ifodalanishidir.) Bu ikki bog‘lik vosita fazo va uni tashkil qiluvchi qobig‘i me’morchilik asarida ajralmasdir. Fazoni tashkil qilish o‘ymakorlikda funksional texnika konstruktiv va estetik talablarga buysunadi. Bu yerda estetika nafaqat ideal ifodalanishda, jamiyat va insonning psixofiziologik his-tuyg‘ulariga ham javob bo‘ladi. Simmetriya va asimmetriya, nyuans va kontrast, ritm, moslashish va bo‘laklar va butun proporsiyasi, materiallarining rangi va fakturasi bu fazoviy formalarning tartib topish uchun xizmat qiladigan vositalardir. Ular yordamida qabul qilishning estetik xususiyatlari va badiiy fikrlash mujassamlashadi. «Shahar dizayni» deganda biz shahar ichini, inshootlari va maydonchalarini, aholidan oladigan istirohat maskanlarini, kishilar nigohini, diqqatini tortadigan madaniy, maishiy muassasalar atrofini badiiy-estetik bezatish san’atini, loyihalashtirishni nazarda tutamiz. Bugun ushbu binolar dizaynida asekko (devorga rasm chizish uslubi) freska, vitraj, bakkar (xrustal bilan bezatish uslubi), rang-tasvir, grafika, glintika (toshga o‘yish san’ati), gobelen, izrazets, inkrustatsiya bilan birga o‘zbek xalq amaliy san’ati – naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi va boshqalardan foydalanilayotganini ko‘ramiz. Toshkent shahri yildan-yilga chiroy ochib, milliy me’morlik an’analari hamda dunyo arxitekturasi yutuqlarini uyg‘unlashtirgan yirik megapolisga aylanmoqda. Zamonaviy inshootlar, yo‘l va ko‘priklar, hiyobonlar, istirohat bog‘lari aholiga keng qulaylik yaratmoqda. Buyuk Britaniyadagi nufuzli “Ekonomist” jurnali poytaxtimizni dunyodagi yashash uchun eng qulay 140 shahar orasida 58-o‘ringa loyiq topgani ham bejiz emas. Bundan tashqari, poytaxtimizda yashil maydonlarni ko‘paytirish, havoning tozaligi va tabiiy dam olish maskanlariga yaqinlik kabi mezonlarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin