Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə87/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlariga: ommaviy axborot vositalari; san’at; ijod, badiiy adabiyot, kiradi. Shuningdek, bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan barcha estetik faoliyat turlari va deyarli barcha kasb turlarida ham shaxsda go‘zallik, nafosat, estetik did, estetik ideal, va estetik bahoni tarbiyalashda nihoyatda muhim. Estetik faoliyatning ko‘rinishlari turlicha: xalq ijodi, professional ijodiy faoliyat, badiiy faoliyat, texnik faoliyat, va h.k. Bularning har biri umumiy sifatlar bilan birgalikda o‘z xususiyatlariga ham ega. Estetik faoliyat mehnat, maishiy, ijtimoiy va san’at sohalarida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ijod, dizayn, xalq hunarmandligi, go‘zallik industriyasi, estetik meditsina va boshqalar estetik faoliyatning turlaridir.
Masalan; bir qarashda estetikaga aloqasi kamdek ko‘ringan ba’zi sohalarda to‘xtalsak.
Fanda ilmiy faoliyat. Ilmiy faoliyat ilmiy taqiqotning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, yangilikni topishga, yangi natijalar olishda davom etish, yangi bilim hosil qilishga qaratilgan faoliyat. Ilmiy faoliyat ham ijod. Umuman, ijod, o‘z ahamiyatiga ko‘ra, kashfiyotchilik va ixtirochilikdir. Kashfiyot fanga noma’lum bo‘lgan obyektiv hodisalarning xususiyatlarini, qonuniyatlarini ochish, bilimlar tizimiga o‘zgarishlar kiritish bilan belgilanadi. Chunki “Ijod jarayonida yangi narsalar paydo bo‘lish bilan bir vaqtda, insonning o‘zi ham o‘zgaradi”.103Ilmiy faoliyat tabiat, jamiyat hayotida va inson tafakkurida ilgari aniq bo‘lmagan jarayonlarni bilish va anglashga yo‘naltiriladi.
Har qanday ilmiy faoliyatda ham estetik hissiyot, tasavvur, intuitsiya, estetik did, estetik zavq va estetika fanining boshqa omillari munosib o‘rin tutadi. Ayniqsa eng ko‘rkam yechimga kela olish, shakl va mazmunning mutanosibligini his qilish bu yerda yuksak ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, iqtisodiyotni olaylik. Iqtisodiyotda jamiyatning estetik didi mezonlarini, me’yorlarini va estetik ehtiyojini, estetik didini o‘rganish-bu bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati qonuniyatlarini va marketiningni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, tovar pul munosabatlarini rivojlantirish, uning barobarida hayot sifatini oshirish demakdir.
Turizm.Turizmning obyektlari tabiat go‘zalligi, madaniy meros va estetik qadriyatlar, xalq amaliy san’ati, shaharsozlik me’morlik va boshqalar estetik obyektlar ham hisoblanadi.Turistning sayohat qilish uchun eng asosiy motivi avvalo go‘zallikning, ulug‘vorlikning, xayratning, qiziqarlilikning, milliy qadriyatlarimizning, madaniyat va san’atimizning yangidan-yangi qirralarini va mezonlarini o‘zi uchun subyektiv ravishda ochish, estetik zavq olish, madaniy hordiq chiqarishdir.
Umuman olganda inson hayotining barcha jabhalarini go‘zal bo‘lishini istaydi va ushbu intilish esa barcha kasb egalarini qamrab oladi. Estetik faoliyatda go‘zallik va nafosatni yaratish badiiylik bilan uyg‘undir. Badiiylik-estetikasining asosiy tamoyili hisoblanib, badiiy faoliyatda inson borliqni, reallikni aks ettiradi, insonning olamga bo‘lgan estetik munosabatlarini ifodalashning o‘ziga xos shakllari asosida voqelikni anglaydi, idrok etadi, badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Badiiy faoliyat ijodiy faoliyat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ijodiy faoliyat bu fenomen-ilhom bilan bog‘liq ma’naviy hodisalardan biri, estetik ijod shaklidir. Badiiylikning asosiy estetik omillarini: 1. Obrazlilik. 2. Shakl va mazmun. 3. Shartlilik. 4. Badiiy ijod.5.Estetik idrok. 6. Universallik. Shu universallik tufayli ham chinakam badiiy asar kim haqda yozilganidan qat’i nazar, hamma haqida, qaysi go‘sha haqida yozilishidan qat’i nazar, butun olam haqida bo‘ladi, bashariyatning ma’naviy mulki, qadriyatiga aylana oladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin