Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


So‘zlashish ohangi va qarab-boqishlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə83/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

So‘zlashish ohangi va qarab-boqishlar. Muloqot davrida so‘zlar ma’nosi har xil (yuqori, past, baqirik va h.k.) ohanglar yordamida suhbatdoshga yetkaziladi. Oddiy suhbatlashishda, savollarga javob berishda, birovning fikrini mulohaza qilishda va tarbiyalashda ovoz ohangi katta sirli ahamiyatga ega. Shu bilan birga ohang me’yorida talaffuz qilingan so‘zlar suhbatdosh kayfiyatini ko‘tarish, unda umid hosil qilish, dalda berish, qo‘llab - quvvatlash siriga ega.
Imo-ishoralar. Ular ham turmush estetikasida katta ahamiyatga ega. Imo-ishoralarni odamlar his - tuyg‘ularining, fikr va kayfiyatlarining «ovozsiz tili» deb atashadi. Imo-ishoralar ham ochiq kungilli va qora ko‘ngilli, ya’ni xafa qiladigan, chiroyli va qo‘pol bo‘lishi mumkin. Odam atrofdagi kishilar, hamkasblari va oila a’zolari bilan muomala kilishda etiket qoidalariga rioya qilinishi shart. Odamlarning muomala tarixi mobaynida shakllangan va mantiqiy asoslangan muomala qoidalari quyidagilardan iborat: xushmuomalalik; odoblilik va mehribonlik; nazokatlilik (muloyimlik); kamtarlik; sabr- toqatlilik.
Xushmuomalalik- madaniyatlilik belgisi, madaniyatli kishining boshqalar bilan muomala qilishining odatga aylangan usuli, barcha jamiyat a’zolariga, hamkasblariga, oila a’zolariga va o‘ziga ko‘satadigan hurmat belgisi hisoblanadi.
Turmush estetikasida modaning alohida ahamiyatga ega. Modalar rivojlanishi shunday spiralsimon shaklda yuzaga keladiki, har bir yangi halqada xotiradan ko‘tarilgan eskilik umuman yangi sifatda, yangi mazmun va shaklda misli ko‘rilmagan elementlarga boy holda, original tarzda yaratilgan bo‘ladi. Moda bu jamiyatdagi estetik did shakllarining o‘zgarish jarayonidir. U sotsiologiya bilan estetika fanlarining fenomenidir. Estetikaning modaga ta’siri quyidagilarda ifodalanadi: uslublarda-klassik, romantik, modern, barokko, gotika va h.k.; San’atning o‘zida moda tendensiyalarining o‘zgarishida; Estetik, milliy qadriyatlarning xususan xalq amaliy san’atining modaga ta’sirida; haykaltaroshlik va tasviriy san’at asarlarida o‘sha davr kostyumlari modasi tarixini kuzatishimizda va h.k.. Taniqli Fransuz kutyuresi Pako Rabann (liboschi-bichuvchi) so‘zlariga qaraganda, libosning shakli va tuzilishi san’atda shunday sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir paytda o‘zgarmay turishining o‘zi mumkin emas: barqaror rivojlanayotgan dunyo «optik san’at», «kinetik san’at» ta’sirida portlayotibdi, jamiyat esa ko‘nikib qolingan tasavvurlarning o‘zgarganiga va an’anaviy bo‘lib qolgan narsalarning qulashidan bezovta bo‘lmoqda. Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda bunda odamlarning yashash tarzidan (stilidan) kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Qisqasi, moda muayyan ma’noda jamiyat yashash tarzining o‘ziga xos shakli, zamonaviy usuli sifatida estetik tahlili taqozo qiladi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega, urf bo‘lgan narsalar, bir davr hatto bir yil mobaynida modadan chiqib ketishi mumkin.
Turmush estetikasi ayni paytda oilaviy muhitdagi nafosat muammolariga ham katta e’tibor qiladi. Oiladagi nafosat, odatda, maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi estetik tarbiya bilan uyg‘un olib borilishi turmush madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda oilaviy an’analar, ota-onaning namunaviyligi va farzandlarga estetik sharoit yaratib berishi katta rol o‘ynaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin