Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Mehnat turmush estetikasining muhim omili



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə91/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Mehnat turmush estetikasining muhim omili. Mehnatning estetika fanidagi funksional jahatlariga to‘xtalsak, insoniyatning turli zamon va makonlarida mehnat bilan bog‘langan arxetiplarni ko‘plab uchratishimiz mumkin. Arxetip deganda esa inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo‘lgan turg‘un "sxema"lar, konstruksiyalar, qoliplar tushunilib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Masalan, Zolushka, Morozka, Zumrad va Qimmat kabi ko‘plab ertaklarda asosiy qahramon qiz albatta mehnatsevar qilib tasvirlanadi, salbiy personajdagi qiz esa dangasa va yalqov ishyoqmas qilib ko‘rsatiladi. Demak mehnatsevarlik ezgulikning bir belgisidir.
Dunyoni bilish – bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti – bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir. Amaliy faoliyat jarayonida, obyektning o‘zgarishi ta’siri ostida subyekt ham o‘zgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi o‘zgaradi.
Har qanday faoliyat maxsus tayyorgarlik, tajriba, mutaxasislikngi talab qiladi. Estetik faoliyatning paydo bo‘lishi va takomillashib borishida inson mehnat faoliyati katta ahamiyat kasb etadi.
Estetik faoliyatda mehnat faoliyati singari mehnat obyekti, subyekti, vositalari va natijalari faol ishtirok etadi va uning turmushida aks etadi. Bu faoliyat hunarmandchilik, xalq me’morchiligi, urf-odatlar, o‘yin va og‘zaki ijod namunalarida, shuningdek san’atda namoyon bo‘ladi.
Kishilar o‘rtasida tarixan tarkib topgan mehnatning asosiy shakllari- bu aqliy va jismoniy mehnat. Lekin ularning ikkisi ham bir maqsadda mehnat natijasini, mahsulini yaratishga qaratilgan ekan, ushbu mahsulning yuqori mahorat, ideal darajada bajarishni “san’at” deb ham yuritib kelingan. Mehnat estetiksi-estetik kategoriya sifatida insonning ijtimoiy va individual ishlab chiqarish jarayonida go‘zallikka nisbatan munosabatini ifodalaydi. Mehnat estetikasi jamiyat moddiy ne’matlarini ishlab chiqarish sharoitlari va uning natijalarini estetik o‘zlashtirish jarayonini anglatadi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish jarayonlarini estetik ta’minlash zaruratni vujudga keltirdi. Natijada mehnat estetikasida yangi tarmoq — dizayn (bezak san’ati) ajralib chiqdi. Mehnat estetikasi moddiy-badiiy madaniyatning konkret shakli, mehnatni nafosat qonunlari asosida tashkil etishdir. Mehnat estetikasi ishlab chiqarish jarayonlarida xodimlarning ish muhitini estetik bezash, mehnat mahsulotlarini badiiy jihozlash, go‘zallik tamoyillari asosida mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Mehnat estetikasi ishlab chiqarishning barcha sohalarida go‘zallik qonuniyatlarini qaror topishiga, estetik did va tuyg‘uni shakllantirishga xizmat qiladi.106 Mehnat jarayonida mahoratga va ma’lum bir yutuqlarga erishish jarayonida insonda estetik zavq hosil bo‘lib baradi. Og‘ir mehnatni yengillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli, “ichdan” bo‘lmasa ham, unga “tashqaridan” go‘zallik, badiiylik ko‘rishiga xizmat qilgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin