Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Estetik tarbiyada san’at va undagi estetik qonuniyatlar va mezonlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə88/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Estetik tarbiyada san’at va undagi estetik qonuniyatlar va mezonlar. Yoshlarimizning nafosat tarbiyasida estetikaning va san’atning nazariy masalalarini o‘rganish fundamental asosga ega. Ma’lumki, estetika - jahon miqyosida klassik fanlardan biri. Uni o‘rganish esa faqat “nima go‘zal?”- degan savolgagina emas, “nima uchun go‘zal?”- degan savolga ham javob topishga yordam beradi. Estetik qonuniyatlar san’at asarida avalambor badiiylikni yaratadi. Avvalambor bilish eng avvalo asarining bosh mag‘zi bu g‘oya va mavzuda ifodalanadi.
Badiiy g‘oya, badiiy mazmunning muhim komponenti, asardan kelib chiqadigan obrazli, umumlashma fikr. Asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga muallifning g‘oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar sistemasi vositasida qo‘yilgan problematikaning badiiy idrok etilishi va baholanishi natijasida namoyon bo‘ladi.
Mavzu - ijodkor tomonidan asar g‘oyasini yoritish va tasvirlash uchun tanlangan, hodisalar doirasi.
Garmoniya - san’at nazariyasining qonuniyati, ya’ni ohangdoshlik. Uyg‘unlikning falsafiy-estetik mohiyati haqida falsafiy manbalarda ko‘plab fikrlar uchraydi. Masalan, Pifagorning xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi umumbashariy hamohanglik ekanligi yoki qadimgi xitoy falsafasida; koinotning har bir parchasi alohida ohang chiqaruvchi va birgalikda hamroz kuyni tashkil etuvchi nayga o‘xshaydi.
Falsafa fanida ham “garmoniya” muayyan tizim elementlari, tarkibiy qismlari rivojlanishining muayyan bir davrida o‘zaro muvofiq, mutanosib, uzviy chambarchas bog‘liqlik va aloqadorlik holatini anglatuvchi tushuncha” hisoblanadi.104
Qadimgi yunon afsonalarida keltirilishicha, go‘zallik ma’budasi qizining ismi Garmoniya ekan. Garmoniya tub ma’nosi bilan go‘zallik ramzidir. Me’morlikda garmoniya, binoning atrof manzarasiga masshtab buyicha mosligini, kompozitsion rejaning barqarorligi va birligini, ayrim bo‘limlarning bir - biriga muvofiqligini bildiradi.
Tasviriy san’atda ham ranglar garmoniyasi mavjud bo‘lib — rangtasvir suvratlarda ilshatilgan turli ranglar bir - biri bilan uzviy bog‘lansa, hamohang bo‘lsa, ular ranglar garmoniyasini tashkil etadi. Aksincha, ranglar bir-birlarini inkor etsa, bir-birlari bilan bog‘lanmasa disgarmoniyani keltirib chiqaradi.
Demak garmoniya badiiy asar qismlarining mutanosibligi. Shuningdek garmoniya mutanosiblik proportsiya, ansambl va arxitektonika tushunchalari bilan ham uyg‘undir.
Ansambl-(frants. Ensemble–birlik, uyg‘unlik, ohangdoshlik) – arxitekturada – bir xildagi arxitektura kompozitsiyasini tashkil etuvchi imoratlar yig‘indisi.
Ritm - yunon tilidan olingan bo‘lib, "oqaman" ma’nosiii anglatadi. Musiqa asaridagi tovushlarning uzun qisqaliklari jihatidan bo‘lgan munosabatlari. Har bir
musiqa asarida o‘ziga xos ritm bor. Raqs san’ati musiqasi aniq o‘lchovga jo‘r bo‘lishga mo‘ljallangan bo‘ladi, u aniq ritmga ega bo‘lishi har bir raqsning o‘ziga xos She’riyatda ritm she’rni tashkil qiluvchi muhim komponetlardan biri, uning tomir urushidir. Ritmli nutq ta’sirli bo‘ladi. Shuning uchun Arastu ritmli nutqni «zinnatli nutq» deb aytdi.
Me’morchilikda ritm elementlarning ichki qonuniyatlar asosida navbatma-navbat kelishi bo‘lib ular orasidag bo‘shliq ham bir hil bo‘lib ritmik qatorni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Tasviriy san’at turlarida o‘lchamlilik qonunlari kompozitsiya qismlari va yaxlitlik o‘rtasida sanoqli nisbatlarni o‘rnatadi. Ritm kompozisiya elementlarining va ular orasidagi masofa (interval)larning takrorlanish qonuniyatini anglatadi.(Interval – elementlar orasidagi masofa). Asar ritmi bu nafakat o‘xshash, balki bir – biriga o‘xshamagan, uzoq joylashgan predmetlar ketma – ketligidir. Ritm va mutanosiblik kompozisiya elementlari va butunlik o‘rtasida nozik sozlanishni yaratadi. Barcha o‘lchamlarni bu tizimga solish natijasida badiiy his qilish jarayonini osonlashtiradigan uyg‘unlik hosil bo‘ladi.
Xarakter (yun.- iz, belgi, farqlovchi xususiyat) - badiiy xarakter; muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida uyg‘un mujassam etgan inson obrazi.
Dinamika Badiiy asarning dinamikasida dramitizm ham muhim o‘rin egalllaydi. Dramatizm- badiiylik modusi. Dramatik "men" o‘zligini boshqa bir "men" bilan o‘zaro munosabatdagina anglaydi va namoyon etadi.
Faktura(lot. Factura – ishlov, tuzilish) – badiiy asar sirtining ishlanish yoki tuzilishi xususiyati. Badiiy mohirlikning o‘ziga xosligi ham, foydalanilgan material sirtining tabiiy xususiyatlari ham faktura deb yuritiladi.
Improvizatsiya (lot. improvisus - kutilmagan, birdan) - badiiy ijodning alohida bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda asar bevosita ijro jarayonida yaratiladi. Improvizatsiya ko‘proq ijro bilan bog‘liq san’at turlari (musiqa, raqs, teatr san’ati)da, shuningdek, she’riyatda kuzatiladi. Improvizatsiyaning ildizlari folklordan suv ichadi, xalq baxshilari (aedlar, bardlar, oqinlar, va b.) folklor namunalarini ijro qilish jarayonida improvizatsiya yo‘li bilan ularga yangiliklar qo‘shib borishgan, shu yo‘l bilan yangi asarlar yaratishgan

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin