Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə90/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Estetik tarbiyada ijodning o‘rni. Hozirgi kunda, yurtimizda kechayotgan yangi innovatsiyalar va tadbirkorlik, ishbilarmonlikning rivojlantirish jarayonlarida, jamiyatning har bir sohasida yangicha fikrlash, izlanish va ijodkorlik davr talabiga aylanmoqa. Shu jumladan yoshlarni ijodiy potensialini oshirish, yangilikka intilishlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda estetika fani, yoshlarimizning ijod jarayonining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishlarida katta imkoniyatlar yaratadi va ushbu maqsadda ushbu bobda ijodning estetik, ruhiy hissiy jihatlaring ayrim tahlillarini keltiramiz.
Ijod (arab. yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) — badiiy, ilmiy, amaliy asar yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod inson faoliyatining shunday o‘ziga xos turiki, bunda his-tuyg‘u, bilim va tafakkur uyg‘unligi asosida moddiy yoki ma’naviy boylik yaratiladi. Bu jarayonda inson ilm-fan va ijod olamida shu paytga qadar ma’lum bo‘lmagan qonunlarni kashf etishi, yangi usul yoki qoida, andoza yoki model ixtiro qilishi, original ilmiy, badiiy asar yaratishi mumkin.
Ijodkor shaxs o‘z aql-zakovatining teranligi, mustaqil fikrlashi, tafakkurining o‘ziga xosligi, bashorat qilish qobiliyati, zehnining o‘tkirligi, tasavvuri va intuitsiyasining kuchliligi, mehnatda tirishqoq va intiluvchanligi, o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabat va murosasizlik, yuksak axloqiy fazilatlar bilan ajralib turadi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi iste’doddir. Iste’dod – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. O‘z navbatida, tabiiy iqtidor, qobiliyat, iste’dod hayotiy, kasbiy tajriba va zo‘r mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon bo‘lishi «iste’dod» deb atalsa, iste’dodning yuqori darajada namoyon bo‘lishi daholikdir.
Ilhom (ar.ruhlantirmoq) - san’atkor ruhiyatida yuzaga keluvchi ijodiy-ruhiy holat, ijodiy faoliyatning yuksak zavq bilan, ko‘ngilli va engil kechishini ta’min etuvchi ko‘tarinki ishchan kayfiyat. Ijodkor kishilarda kuzatiluvchi mazkur holat odamlarga qadimdayoq ma’lum bo‘lganki, uni turlicha izohlashga harakat qilganlar.
Ijodiy jarayon (ijod) esa - badiiy asarni yaratish jarayoni, g‘oyaning paydo bo‘lishidan, to uning gavdalanishiga qadar, bo‘lgan jarayon. Badiiy reja ham, o‘zida voqelikning ichki va tashqi, yakka va umumiy tomonlarini singdirgan bo‘ladi. Badiiy reja-g‘oya san’atkor miyasida avval boshdanoq mavhum tushuncha tarzida emas, balki jonli taassurotlar, voqea-hodisalar bilan bog‘liq holda vujudga keladi, fikr-muddaoni amalga oshirish g‘oya-rejaning o‘zidanoq boshlanadi.
Musavvada — chizgi, eskiz loyiha, chizmaning qoralamasi. Xalq me’morlari qo‘li bilan chizilgan turli xil musavvadalar saqlanib qolgan. Eng qadimgisi Buxoro amirligining XVI asrga doir musavvadalaridir. Mutanosiblik — handasiy shakllar, binolarning o‘zaro uyg‘unligi garmoniyasi. Me’morchilikdagi “angora” so‘zi ham qoralama, dastlabki chizma, xomaki ma’nosini anglatadi. Shuningdek, ijod jarayonining boshidan oxirigacha ishtirok etadigan ruhiy quvvat, bu – tasavvur. Ijodiy tasavvur, to‘g‘rirog‘i, badiiy tasavvur qidiruvchan hissiyot, biror bir hodisa yoki hodisalarning keskin aniqlikka ega bo‘lmagan, lekin ayricha tovlanib, ijodkorni o‘ziga chaqirib turadigan ehtirosli, mavhum shakli.
Falsafada tasavvurlar– bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin