Nazorat savollari:
Punkt atrofida signallarni qaytaruvchi yuza (sirt)ni tushuntirib bering?
Yo‘ldoshdan qabul qilish antennasini yerdan necha metr balandlikda o’rnatiladiy?
Masofa uzunligi qaysi fo’rmula orqali topiladi?
14-amaliy mashg‘ulot.
N-05 nivelirini ishlash prinsipini o‘rganish.
Y uqori aniqlikdagi N-05 niveliri. Nivelir axromatik qarash trubasiga 1 ega bo‘lib, uni kattalashtirishi 42X; truba yonida termoizolyatorli silindrik adilak 2 joylashgan; nivelirda taglik 3 ko‘targich vintlari bilan, hamda doiraviy adilak 4 o‘rnatilgan. Nivelirni optik sxemasi kontaktli silindrik adilak pufakchasi uchlari, hamda sanoq olish qurilmasi shkalasi tasvirlarini qarash turubasining ko‘rish maydoniga uzatadi. Ushbu shaklda invar reykasining asosiy shkalasi bo‘yicha sanoq 18.2 va sanoq olish shkalasidan 44 ga teng.
Qarash trubasi, kontaktli adilak tasvirlarni uzatuvchi prizmalar bilan issiqlikdan himoya etuvchi g‘ilofga joylashtirilgani evaziga havo xaroratini 1˚ S o‘zgarishidan і burchagining o‘zgarishi 0,5'' dan oshmaydi.
14.1-rasm. N-05 (a) niveliri: 1-ko’rish trubasi termoizolyatsiyali qoplamasi bilan, 2-kontakt uroveni; 3-nivelir tagligi; 4-sozlash uroveni. (b): ko’rish trubasi maydoni
Nazorat savollari:
Yuqori aniqlikdagi N-05 niveliri qisimlarini aytib bering?
Yo‘ldoshdan qabul qilish antennasini yerdan necha metr balandlikda o’rnatiladiy?
Qanday reykaga invar reyka deyiladi?
15-amaliy mashg‘ulot.
Zamonaviy raqamli nivelir Trimble DINI12
R aqmli nivelirlar Trimble DINI12, Trimble DINI12T yuqori aniqlikdan boshlab oddiy nivelirlashgacha o‘lchashlarni qisqa muddatda bajarish va natijalarni yozib olish imkoniga ega. Nivelirlar bilan ishlash juda oddiy, ekrani katta, xotirasi RS kartalarda, o‘lchashlarga juda kam vaqt sarflanadi, o‘lchashlarni bajarish uchun nivelir reykasini 30 sm ga teng kesimi ko‘rinsa yetarli. Nivelir shtrix-kodli reykalar bilan ta’minlangan. Trimble DINI nivelirlarida oddiy interfeys qo‘llangan bo‘lib, nivelir bilan ishlashni oson va tez o‘rganish imkonini beradi. Bu nivelirlar ma’lumotlarni raqamli ko‘rinishda o‘qish va yozib olishi sababli kuzatuvchi xatosiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nivelirlar nisbiy balandliklar va masofalarni aniq avtomatik o‘lchashlarga moslashtirilgan. Ular bilan ishlashda invar reykalar qo‘llanilsa 1 km masofaga ikkilangan nivelirlashni o‘rta kvadratik xatosi ±0,3 mm, nisbatan arzon buklama reykalar qo‘llanganda esa ±1,0 mm ni tashkil qiladi. Nivelir umumiy ko‘rinishi 9.3-shaklda berilgan.
Raqamli Trimble DINI12T elektron nivelirlari bilan І, ІІ va ІІІ sinflar nivelirlashni yetarli aniqlikda bajarish to‘la ta’minlanadi.
Raqmli nivelir Topcon DL-102S
Nivelir І-ІV sinflar nivelirlashda, murakkab inshootlar va yer qobig‘i deformatsiyalarini o‘lchash va boshqalarda keng ishlatilishi mumkin. U bilan 1 km ikkilangan yo‘lni nivelirlashni o‘rta kvadratik xatosi ±0,4 mm - ±1,0 mm bo‘lib, o‘lchashlarni tez bajarish va mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydi. O‘lchashlar ma’lumotlarini ichki xotirada yoki RSMSІA xotira kartasida yozib saqlash mumkin. Ichki xotirasi 8000 tagacha nuqtalarni o‘lchash ma’lumotlarini saqlash imkoniyatiga ega. Nivelirda shtrix-kodli reykalar komplekti bilan ishlaganda nisbiy balandliklar va masofalarni avtomatik ravishda raqamli ko‘rinishda aniqlash mumkin. Nivelir yo‘llari bo‘yicha o‘lchashlar natijalari WinLevel dastur ta’minotida eng kichik kvadratlar usulida tenglashtirilishi mumkin.
15.1-jadval.
Dostları ilə paylaş: |