O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLIY GEODEZIYA
fanidan amaliy mashg’ulotlarni marksheyderlik ishi yo’nalishi bajarish uchun uslubiy qo’llanma
Toshkent - 2023
Dots.Pardaboyev A.P., ass. Yakubov T.SH. Oliy geodeziya fanidan amaliy mashg’ulotlarni marksheyderlik ishi yo’nalishi bajarish uchun uslubiy qo’llanma.-T.: ToshDTU, 2023. 40 b.
Uslubiy qo’llanma “5312300-Marksheyderlik ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishining talabalariga mo’ljallangan bo’lib, oliy geodeziya fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarishda foydalanish mumkin.
Taqrizchilar:
Allanazarov O.R. – ToshDTU, dotsenti.
Tashpulatov S.A.– TAQI, professori, t.f.n.
Ushbu qo’llanma ToshDTU ilmiy – uslubiy kengashi qaroriga asosan chop etildi.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2023
1-amaliy mashg‘ulot.
Marksheyderlik belgilar balandligini aniqlash. Analitik usul
va grafik usul
Oliy geodeziya fani va uning vazifalari quydagilardan iborat. Oliy geodeziya fani geodeziyani bo‘limlaridan biri bo‘lib, u Yer shakli va ularni o‘rganish, hamda yer sirtidagi nuqtalarni yagona sistemadagi koordinatalar va balandliklarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan yuqori aniq o‘lchashlarni bajarish va natijalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Bu amaliy mashg‘ulotda geodezik to‘rlarini loyixasini tuzishga bo‘lgan asosiy talablardan bittasi belgilar balandligi eng kichik bo‘lishi kerak va shu bilan birga turdagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamda vizir turining to‘siq ustidan zaruriy balandlikda taminlanishi kerak.
Belgilar balandligining aniqlanishi eng ishonchli usuli signallarni qurish nuqtalar orasidagi ko‘rinishni bevosita o‘rnatishdan iborat. Buning uchun joydagi predmetlardan foydalanish mumkin.
Loyixani tuzish paytida geodezik signallar balandligining xisobdash analitik va grafik usulda bajarish kerak.
1 .Analitik usul.
1.1-rasm. Goedezik balandliklarni loyixalash sxemasi.
ABS – Yerning sathiy yuzasi.
A va B – punkt o‘rni.
S – to‘siqning eng yuqori nuqtasi.
Analitik usul bilan belgilar balandligini hisoblash uchun V.N.SHishkin formulasi bilan aniqlaymiz.
(1.1)
bu yerda.
va - O‘zaro ko‘rinishini aniqlovchi belgilar balandligi.
=> 1 va 2 belgilar asosidan to‘siqning uchigacha bo‘lgan nisbiy balandlik.
a – to‘siq asosidan vizir nurining berilgan balandligi
va – punktlarda to‘siqqacha bo‘lgan yer egrilik va refraksiya uchun tuzatma.
va – to‘iqdan A va V punktlargacha bo‘lgan masofa.
va - miqdorda Karta bo‘yicha aniqlanadi.
(1.2)
1.1-formula bo‘yicha hisoblangan belgilar balandligi shunday hollarda o‘rinli bo‘ladiki ya’ni og‘ir to‘siq A va B punktlarning o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, agar to‘siq puntklar o‘rtasida joylashgan bo‘lsa ( + ) hisoblangan belgilar balandligining qiymatlari korrektirofka qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |