1.2 Aglomeratsiya mashinalar
Aglomerasion mashinalar – metallurgiyada boyitmalarni (konsentrat) kuydirib aglomeratlar tayyorlashda foydalaniladi. Aglomerasion mashinalar tasmali va aylana shaklda buladi. Metallurgiyada tasmali aglomerasion mashinalar keng qo’llaniladi.
Aglomerasion mashina uzunligi 35-40 m bulgan pulat tasmaga maxsus kutilar joylashtirilgan bulib, tasma zanjirli konveyr kabi xarakatlanadi. Qutilarning ichki kismi panjara bilan tugab, pastki qismi konus shaklida bo’shliqdan iborat bo’lib, xavo surishga yoki berishga moslashtirilgan.
Mashinaning boshlanish qismida (ya’ni qutilar ustida) shixta yuklash moslamasi va shixtani yondirish uskunasi joylashtirilgan. Qutilarga to’ldirilgan shixta o’t olish kamerasidan o’tadi. Bunda shixta tarkibidagi koksni xisobiga alanga oladi va shu tariqa unda yuqori haroratdagi issiqlik vujudga keladi. YOnish va oksidlanish jarayonini davom ettirish maqsadida qutilarga xavo beriladi yoki pastki qismdan havo suriladi. Bu o’z navbatida xavo surish yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning harakatlanishi bo’ylab mashinaning oxirgi qismigacha kuyish va aglomerasiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Hosil bo’lgan mahsulot konveyerni burilishi hisobiga aglomerat qolipdan ko’chiriladi.
Aglomerat mashinasidagi tasmaning harakatlanish tezligi 1-4 m/min ni tashkil etadi. Uning uzunligi 6m dan 75 metrgacha bo’lishi mumkin. Mashinaning mahsulot bo’yicha umumiy ish hajmi 6-300 m2 ni tashkil etadi. Uning ishlab chiqarish unumdorligi qora metall konsentratlari uchun 32 t/m2 sutkani, metall boyitmalari uchun 18 t/m2 ni tashkil etadi.
2.1 Konsentrat sarfi va quritish barabanlari sonini hisoblash.
Yiliga 100000 t Pb olish uchun yiliga homashyoda Pb bo`lishi kerak.
100 000 : 0,95 = 105263 T
Quruq qo`rg`oshin konsentratini miqdori.
105263 : 0,515 = 204394 T/yil
Sutkalik konsentrat sarfi.
204394 : 330 619 T
Namlikni yo`qotish kerak.
619×1000×0,15:0,85 – 619×1000×0,06:0,94=109235 – 39511= 69724 kg/sutka
22 soat ish kunida sutkasiga
69724 : 22 = 3169 kg/soat
Namlik yo`qotish 30 kg/m3. Baraban ishchi hajmi.
3169 : 30 = 106 m3
Ishchi hajm V = 37,7 m3 . Baraban soni
106 : 37,7 = 2,81 ≈ 3 ta
Sulfidli Pb konsentratini mineral tarkibini hisobi.
100 kg konsentratga PbS massasi.
239,2 × 53,2 : 207,2 = 61,41 kg
Oltingugurt miqdori.
61,41 – 53,2 = 8,21kg
ZnS miqdori.
97,4 × 5,2 : 65,4 = 7,7 kg
2,5+1,32+1,51=5,33 kg
CuFeS2 massasi.
Fe = 55,8 × 1,51 : 63,6 = 1,32 kg
S = 64 × 2,5 : 63,6 = 2,5 kg
2,5 + 1,32 + 1,51 = 5,33 kg
Qolgan oltingugurt miqdori.
15,5 – (8,21 + 3,03 + 1,51) = 2,75 kg
Fe massasi FeS2 da.
55,8 × 2,75 : 64 = 2,39 kg
FeS2
2,75 + 2,39 = 5,14 kg
Fe2O3 miqdori, qolgan temir miqdori.
6,5 – (1,32 + 2,39) = 2,79 kg
U bilan bog`langan kislorod 3 × 16 х2,0: 2х55,8 = 0,86 kg
Fe2O3 miqdori = 2 + 0,86 = 2,86 kg
CaCo3 100 × 2,5 : 56,1 = 4,4 kg
Dostları ilə paylaş: |