30
Odatda, qattiq jismlarni maydalash uchun ko‗pincha ezish, yorish,
siqish va erkin zarba berish usullaridan keng ko‗lamda foydalaniladi.
Lekin, sof holda hech qaysi usul sanoatda uchramaydi. Masalan,
ezish, yorish, zarba bilan maydalash ketidan keladigan jarayon bu yeyilish
yoki yedirilishdir. Yeyilish jarayonida ko‗pincha chang hosil bo‗ladi va
materialning o‗ta maydalanish kabi zararli hollar ham uchraydi.
Shuning uchun, maydalash usulini tanlash material bo‗laklarining
kattaligi va mustahkamligiga bog‗liq.
Mustahkam va mo‗rt materiallar ezish va zarba, mustahkam va
egiluvchanlari - ezish, o‗rtacha mustahkam, egiluvchan materiallar - zarba,
yeyilish yoki yorish usulida maydalanadi.
Maydalash bir yoki bir necha usullarda, ochiq va yopiq sikllarda
amalga oshiriladi. Undan tashqari, maydalash jarayonini quruq yoki nam
usullarda ham o‗tkazsa bo‗ladi.
Ayrim hollarda, material xususiyatlariga qarab: ultratovush, gidravlik
zarba to‗lqini, yuqori va past haroratlarni tez almashtirish, elektrogidravlik
zarba, bosimni tezda o‗zgartirish, yuqori haroratda qizdirish usullarini ham
qo‗llasa bo‗ladi.
Maydalash jarayonlarida katta miqdorda energiya sarflanadi. Energiya
sarfi mavjud maydalash nazariyalari asosida topilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: