Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va


Dilatometr va bimetalli termometrlarning



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/57
tarix30.08.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#141030
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Dilatometr va bimetalli termometrlarning
ishlash prinsipi harorat 
o‗zgarishida qattiq jism chiziqli o‗lchamining o‗zgarishiga asoslangan. 
Harorat o‗zgarishiga bog‗liq bo‗lgan qattiq jism chiziqli o‗lchamining 
o‗zgarishi tenglama orqali quyidagicha ifodalanadi: 
)
1
(
0
t
l
l
r
t




(19.3) 
bu yerda, l
t
- t haroratda qattiq jismning uzunligi; l
0
— shu jismning 
0°C dagi uzunligi; β
r
— o‗rtacha chiziqli kengayish koeffitsiyengi (0
0

dan t °C gacha bo‗lgan haroratlar oraligida). 
Dilatometrik termometr, odatda, issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti 
katta bo‗lgan metall naycha (aktiv element) va issiqlikdan kengayish 
koeffitsiyenti juda kichik bo‗lgan naycha ichida joylashgan sterjendan 
iborat. 
Dilatometrik termometrlarning aktiv elementi (naychasi) ning asosi 
materiallari jez L62 (β
·
r
= 18,3 ’ 23,6·10
-6

0
C
-1
) yoki nikellangan po‗lat 


79 
XN60V, 10X17N13M2T (β
·
r
=20··10
-6 0
C
-1
) bo‗ladi. Passiv element 
sifatida, odatda, invar qotishmasi (β
n
r
== 0,9·10
-6 0
C
-1
) qo‗llanadi. Harorat 
ortganda aktiv element (naycha) sterjenga nisbatan ancha ko‗proq uzayadi. 
Sterjenning 
siljishi 
(cho‗zilishi) 
haroratning 
o‗zgarishiga to‗g‗ri 
mutanosiblikda bo‗ladi va naychaning boshlang‗ich uzunligi bilan 
aniqlanadi. 
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar haroratini o‗lchashda hamda 
haroratni ma‘lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va 
signalizatsiyada qo‗llaniladi. Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlik 
sinflarida chiqariladi, ularning yuqorigi o‗lchash chegarasi 500°C gacha. 
Afzalliklari: ishonchli, oddiy va arzon. 
Kamchiliklari: asbob o‗lchamlari katta, harorat bir nuqtada emas, 
balki hajmda o‗lchanadi, issiqlik inertsiyasi katta. 
Bimetall termometrlarning sezgir elementi kavsharlangan ikkita 
plastinkadan tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinka issiqlikdan 
kengayish harorat koeffistiyenti turlicha bo‗lgan metallardan tayyorlanadi. 
Harorat o‗zgarganda plastinkalar og‗adi. Kavsharlangan plastinkalar bir-
biriga nisbatan siljiy olmaganligi sababli prujina issiqlikdan kengayish 
harorat koeffitsiyenti kam bo‗lgan plastinka tomonga og‗adi. Plastinkalar 
uzayishining harorat koeffitsiyenti farqi qancha katta bo‗lsa, prujinaning 
harorat o‗zgarishidagi og‗ishi shuncha ko‗p bo‗ladi. Bimetall termometrlar 
bilan haroratni o‗lchash chegarasi—150°C dan +700°Cgacha, xatosi 
1...1,5%. Bu turdagi termometrlar haroratni ma‘lum darajada avtomatik 
ravishda rostlash va signalizatsiya uchun qo‗llaniladi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin