Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149
1.14-

birinchidan
, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o‘z 
yo‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga o‘tar ekanmiz, milliy-tarixiy 
turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash 
tarzini hisobga olamiz», - dedi va tub islohotlarni amalga oshirish borasida 
dastlabki tamoyilini belgilab berdi. 


38 
Ikkinchidan
, respublikadagi o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy vaziyatdan kelib 
chiqib ish tutildi. Chunki O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga 
o‘sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e’tibor berar 
ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va hatto, undan ko‘proq foizi 
qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida 
ishlaydi. O‘zbek zoti borki, o‘tirgan joyini sovitgisi kelmaydi. Bir joydan ikkinchi 
joyga ko‘chib yurishga xushi yo‘q. Mehnat resurslari va ishlab chiqarish 
korxonalarini joylashtirishda xuddi shu vaziyatni ham e’tiborda tutish kerak. 
Xulosa shuki, qishloq joyda va tuman markazlarida mavjud bo‘lgan ortiqcha 
ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy 
korxonalarni qishloq joylariga, tuman markazlariga olib borib qurishimiz zarur. 
Sodda qilib aytganda, odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga 
yaqinlashtirish lozim». 
Uchinchidan, 
O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda respublikaning 
qulay jug‘rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi. 
Darhaqiqat, tarixan O‘zbekistonning hozirgi hududi juda ko‘hna savdo yo‘li - 
Buyuk ipak yo‘li tutashgan, mag‘rib-u mashriqni bir- biriga bog‘lab turgan, turli 
qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jo‘shqin tashqi aloqalar va turli 
madaniyatlarning bir-birini o‘zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu 
boy, tarix sinovlaridan o‘tgan tajribalarni davom ettirish, undan samarali 
foydalanish yo‘li tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani 
yo‘lga qo‘yishga kirishildi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin