99
Texnologik usullar: aqliy hujum – olib borish qoidalari
- O‘zaro hech qanday baholash va tanqid bo‘lmasligi.
- Jo‘n va nihoyatda oddiy fikrlashga baho berishdan tiyilish.
- Barcha fikr-mulohaza qimmatli va bir o‘rinda bo‘lganligi bois fikrlovchiga
nisbatan bosim o‘tkazmaslik va uni faqat tanqidiy tarzda qabul qilmaslik.
- O‘z vikrini bildirmoqchi bo‘lganlarga imkon berish.
-Fikrlar
xilma xilligi asosiy maqsad
-Fikr – mulohazalar qaytarilishini xotirjam qabul qilish.
-Qiziqarli va asosli fikrlarni rivojlantirish lozim.
-O‘zini vazmin va xotirjam tutish, o‘zaro mulohazalarni bildirayotganlarga
muomala madaniyati asosida munosabat bildirish.
- Barchani o‘zaro hurmat, boshqalar fikriga qanoatli bo‘lishga chaqirish.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Mustaqillik yillarida bozor munosabatlariga o‘tishda
iqtisodiyotda
qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
2. Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy qadriyatlarni
tiklashga qanday
e’tibor berildi?
3. Soliq sohasida o‘tkazilgan islohotlar haqida gapirib bering.
4. Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda nimalarga e’tibor berildi?
5. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan
integratsiyalashuvi deganda
nimani tushunasiz.
6. MDH qachon tuzildi?
7. Mustaqillik yillarida qaysi davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi?
8. Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarining yangi davrga o‘tishi
deganda nimani tushunasiz?
9. Mamlakat strategik taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishini nima
bilan izohlaysiz?
10. Davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohasidagi
yangicha islohotlar
va yangilanishlarga baho bering.
11. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga tobora
integratsiyalashuvini
nimada ko‘rish mumkin?
Dostları ilə paylaş: