Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149
1.14-

2. 
O‘zbekiston Respublikasi 
«
Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida
»
gi Qonunning mazmun mohiyati va uning hayotga tatbiq etilishi
Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya 
muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra bu illat jahon 
iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi. 
Dunyoda korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transprensy international xalqaro 
tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan 
bo‘lsada, hali bu illat barham topmagan. 


112 
Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud, 
prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni 
ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan. 
Tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi 
samarasiz sarflanmoqda. Ko‘plab sohalarda davlat xaridlarni amalga oshirish 
tizimi ochiq oshkora emas. 
Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomada 
korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish 
kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ 
tuzishni taklif qilgan edi
22

Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati 
va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. 
Prezident tashabbusi bilan 2017-yilda «Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida»gi Qonun va mazkur qonunning qoidalarini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda korrupsiyaga qarshi kurashish 
bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi. 
Jahon tajribasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, «Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida»gi Qonunlar Markaziy Osiyo 
davlatlaridan Qozog‘istonda 1998-yil 2- iyulda, 
Qirg‘izistonda 
2012-yil 
8-avgustda, 
Turkmanistonda 2014-yil 1-martda, MDH 
davlatlaridan 
Ukrainada 
2014- 
yilda, 
Moldovada 
2002-yil 
6-iyunda, 
xorijiy 
davlatlardan XXR da 2007-yil 1-yanvarda, 
Buyuk Britaniyada 2010- yilda qabul qilingan.
Respublikamizda qabul qilingan qonun 
asosida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 
aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni 
o‘z ichiga olgan davlat siyosati izchillik bilan 
amalga oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan ishlarimiz natijasida korrupsiya 
bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga kamaydi.
Biz bunday natijalarni korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli 
faoliyatimizning dastlabki samarasi deb qabul qilishimiz, bu yo‘lda yanada qat’iy 
ish olib borishimizni talab etadi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llaridan biri bu davlat xizmatlari sifatini 
tubdan yaxshilash, ularning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun qulay muhit 
yaratish va korrupsiyani keltirib chiqaradigan holatlarni kamaytirishdan iborat.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 9 dekabr– 
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Biz korrupsiyaga 
qarshimiz» mavzusida tanlov e’lon qilindi va ushbu tanlov 2018-yilning 1-
oktyabridan 1-dekabrigacha o‘tkazildi. Tanlov to‘rt yo‘nalish – eng yaxshi 
jurnalistik material (teleko‘rsatuv, radioeshittirish, maqola), eng yaxshi blogpost, 
eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi insho («korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» 
22
https://uza.uz/uz/posts/korruptsiyaga-qarshi-kurashish-hamda-jamoatchilik-nazorati-ti-11-02-2020. 


113 
insholar tanlovi) yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
23
Olib 
borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har 
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha 
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni 
o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi 
qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, 
shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda 
quyidagilarni nazarda tutadigan 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralda «O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 
PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlandi. 
Harakatlar strategiyasining 2.4. bandi bevosita jinoyatchilikka qarshi 
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish 
masalalariga qaratilgan. Ushbu bandga asosan: 
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish 
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishning 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini 
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini 
oshirish belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston 
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda 
korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish 
bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlari orta muddatli istiqbolda quyidagilardan iboratligi belgilab 
qo‘yildi: 
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va 
yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati 
tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish 
choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq 
ro‘yxatini belgilash; 
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-
bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash, 
shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning 
tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni 
himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish; 
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda 
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish; 
23
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасини 
ўрганиш ва кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган ИЛМИЙ-ОММАБОП 
ҚЎЛЛАНМА, Тошкент, Маънавият, 2019, 242-бет. 


114 
davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini 
oshirish va boshqalar. 
2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va 
funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini 
vaqti-vaqti bilan majburiy baholab borishi, uning yakunlari b
o‘
yicha: 
korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining 
faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning 
ro‘yxatini shakllantirishi; 
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik 
monitoringini amalga oshirishi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga 
tushirish choralarini ko‘rishi belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya 
vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin