Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə8/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

Statik xarakteristika deganda o‘lchash vositalarining statik ish rejimidagi parametrlari tushuniladi, yoki boshqacha qilib aytganda kirish kattaligi o‘lchash olib borilgan vaqt davomida o‘zgarmaydi.
Dinamik xarakteristika deganda esa, o‘lchash vositasining dinamik rejimidagi xususiyatlarini aks ettiruvchi parametrlari tushuniladi yoki boshqacha aytganda o‘lchash vositasining kirish kattaligi o‘lchash jarayonida o‘zgaradi.


2.O‘lchash vositalarining asosiy statik xarakteristikalari.

Asosiy statik xarakteristikalarga o‘zgartirish funksiyasi, sezgirlik, sezgirlik ostonasi kiradi.


O‘zgartirish funksiyasi – bu o‘lchash vositasining kirishidagi (X) va chiqishidagi (U) kattaliklari qiymatlarining o‘zaro funksional bog‘liqligidir.
O‘zgartirish funksiyasi analitik ifoda bo‘yicha [U=f(X) o‘zgartirish tenglamasi], grafik tarzda va jadval ko‘rinishida berilishi mumkin.
O‘zgartirish funksiyasi ko‘pincha o‘lchash vositasining graduirovkali xarakteristikasi deyiladi.
O‘lchash vositasi uchun (yoki o‘lchash vositasining konkret turi uchun) ko‘rsatilgan o‘zgartirish funksiyasini o‘lchash vositasining nominal o‘zgartish funksiyasi U=f­H(X) deyiladi.
Ideal holda o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash asboblarining nominal o‘zgartish funksiyasi chiziqli bog‘liqlikda - U=k­H(X) bo‘ladi. Bunday asboblar bir tekis shkalali bo‘lib, ularda ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq butun shkala bo‘yicha bir xil, ya’ni proporsional bog‘liq bo‘ladi. Asboblarda o‘zgartirish funksiyasining chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’yektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirlik – umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali o‘zgarishini shu o‘zgarishning sababchisi – kirish signali o‘zgarishiga nisbatidan aniqlanadi:
; (2)
Sezgirlikning o‘lchamligi kirish va chiqishdagi kattaliklarning o‘lchamliklaridan aniqlanadi.
O‘lchash vositalarining sezgirligini teskari qiymati , ularning doimiyligi deyiladi va u o‘lchash o‘zgartkichlari va asboblarining asosiy xarakteristikalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘rsatuvchi strelkali asboblarining sanoq qurilmasi (ko‘rsatkichi) shkala va ko‘rsatkichdan tuzilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar ko‘rsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning bo‘linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala bo‘linmasining qiymati deyiladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin