Asbobiy (instrumental) xatoliklar o‘lchash vositasiga yuqori sifatli elementlarning yetishmaganligi sababli kelib chiqadi. Bunday xatoliklarga o‘lchash vositasi elementlarini tayyorlashdagi va yig‘ishdagi xatoliklar, mexanizmdagi ishqalanishlar natijasidagi xatoliklar, detallar mustahkamligi bo‘yicha kamchiliklari va h.k. kirishi mumkin. Shuni aytishimiz kerakki, har bir o‘lchash vositasi uchun asbobiy xatolik individual bo‘ladi.
Uslubiy xatolikning paydo bo‘lishiga sabab o‘lchash usulining mukammal emasligidir, ya’ni biz ongli ravishda o‘lchaymiz, o‘zgartiramiz yoki o‘lchash vositasining chiqishida aynan kerakli kattalikdan emas boshqasidan foydalanamiz, buning oqibatida bizga faqat foydalanish uchun o‘ta qulay bo‘lgan, xaqiqiy kattaligimizga yaqin qiymat olamiz. Uslubiy xatolikning paydo bo‘lish sabablaridan yana biri o‘lchanayotgan kattalikni topish uchun ishlatilayotgan tartibning noaniqligi ham bo‘lishi mumkin.
2.Asosiy va qo‘shimcha xatoliklar. Asosiy xatoliklar. O‘lchash vositasining normal sharoitda ishlatilganida hosil bo‘ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda ko‘pgina o‘lchash vositalari uchun temperatura 20 0S 50S, havo namligi 65 % 15 %, atmosfera bosimi (750 30) mm.sim.ust., ta’minlash kuchlanishi nominal qiymatidan 2% ga o‘zgarishi mumkin va boshqalar.
Har qanday o‘lchash vositasi vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan sharoitlarda juda qiyin ishlaydi. O‘lchash vositasi o‘lchanayotgan kattalikka ta’sir etuvchi bir qator xolatlarga ega. Ular o‘lchanmaydi, lekin ta’siri hisobga olinadi. Masalan, xarorat, atmosfera bosimi, zarba, silkinish, vibrasiya, elektrik va magnit maydoni va boshq. Graduirovkalangan yoki attestasiyalangan laboratoriya sharoitlarida o‘lchash amalini bajarishda aksariyat ta’sir etuvchi kattaliklar tor doirada ularning o‘zgarishlariga ruxsat etiladi. Bunday oldindan kelishuv me’yoriy texnik hujjatlarda shartli ravishda normal deb ataladi, yig‘indi natijalanuvchi xatolik esa bunday sharoitlarda paydo bo‘luvchi asosiy xatolik deb yuritiladi.