Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

O‘lchash qurilmalari – bir joyda joylashgan ham funk­sional ham konstruktiv bog‘langan o‘lchash vositalarining (o‘l­chovlar, o‘lchash o‘zgartkichlari, asboblar) va yordamchi vositalar yig‘ilmasidan iborat bo‘lib, bir yoki bir nechta kattaliklarni o‘lchash uchun va kuzatuvchi uchun qulay shakldagi o‘lchash infor­masiyasining signalini ishlab berish uchun xizmat qiladi.
O‘lchash qurilmalariga, suyuqlik va gazlarni sarfini o‘l­chash uchun ishlatiladigan o‘lchash komplekslari, elektr o‘lchash asboblarini sinovdan o‘tkazish va darajalash (graduirovka­lash) qurilmalari misol bo‘ladi.
O‘lchash tizimlari – bir-biri bilan aloqa kanallari orqali yig‘ilgan va funksional bog‘langan o‘lchash vositalari (o‘lchovlardan, o‘lchash o‘zgartkichlaridan va asboblardan), yordam­chi qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalari majmuidan iborat bo‘lib, o‘lchash informasiyasi signalini avtomatik tarz­da qayta ishlash uchun, uni uzatish (o‘tkazish) va (yoki) avtomatik boshqarish tizimlarida ishlatish uchun qulay formada ishlab berish uchun mo‘ljallanadi.
Ularning asosiy maqsadi – o‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirish va ishlab chiqarishning turli xil jarayonlarini avtomatik boshqarish uchun o‘lchash natijalaridan foydalanish.


Nazarat savollari

  1. O‘lchash vositalarining turlarini ayting?

  2. O‘lchash o‘z­gartkichlari qanday turlarga bo‘linadi?

  3. O‘lchash tizimi nima maqsadlarda qo‘llaniladi?

  4. Qanday o‘lchash asboblari qayd qiluvchi asboblar deyiladi?


2-amaliy mashg‘ulot
O‘lchash vositalari xatoliklari. Xatoliklar klassifikatsiyasi
Reja.
1. O‘lchash vositasi xatoligining klassifikasiyasi.
2. Asosiy va qo‘shimcha xatoliklar.


1.O‘lchash vositasi xatoligining klassifikasiyasi
Xatolik – o‘lchash vositalarining muhim xususiyati hisoblanadi. O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra, turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va shu sabablarni tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi.
O‘lchash xatoligi asosan o‘lchash vositasining xatoligi sifatida aniqlanadi, ammo ular aynan bir xil narsa degani emas.
O‘lchash vositasining xatoliklari statik va dinamik rejimlar qo‘llanilganda, shuningdek statik va dinamik tashkil etuvchi xatoliklar mavjud bo‘lganda bir-biridan farq qiladi. Masalan, xatolikning dinamik tashkil etuvchisi nafaqat dinamik holatda, balki o‘lchash vositasi statik rejimda qo‘llanilganida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, chastotali xatolik kabi.
Kelib chiqish sababiga qarab xatoliklar asbobiy (instrumental) va uslubiy (metodik) xatoliklarga bo‘linishi mumkin:

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin