Ish sharoiti deganda, qachonki o‘lchash vositalarining xatoliklari ta’sir etuvchi qiymatlarining intervallari me’yorlangan bo‘ladi. O‘lchash vositalarini ish sharoitidan farqli sharoitda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Nazorat savollari
O‘lchash vositasi xatoligining klassifikasiyasi?
O‘lchash asbobining aniqlik klassi nima?
Muntazam xatolikni bartaraf qilishning qanday usullarini bilasiz?
Tasodifiy xatolik deb nimaga aytiladi?
3-amaliy mashg‘ulot
O‘lchash vositalarining me’yorlangan metrologik xarakteristikalari.
Reja.
1. O‘lchash vositalarining me’yorlangan metrologik xarakteristikalari.
2. O‘lchash vositalarining asosiy statik xarakteristikalari.
3. O‘lchash vositalarining dinamik xarakteristikalari.
Kalit so‘zlar: Metrologik xarakteristika, statik xarakteristika, dinamik xarakteristika, sezgirlik.
O‘lchash vositalarining me’yorlangan metrologik xarakteristikalari.
O‘lchash vositalarining aniq xillari uchun me’yorlangan metrologik xarakteristikalari tanlanma majmuasining va o‘lchash vositalariga me’yoriy texnik hujjatlarda metrologik xarakteristikalarni me’yorlash usullarining metrologik xarakteristikalari (MX) nomenkulalari bu: o‘lchash vositalariga umumiy texnik talab qo‘yuvchi standartlar; o‘lchash vositasini GOST 8.009-84 standarti talablari o‘rnatilgan holda ishlab chiqishda qo‘yiladigan texnik topshiriqlardir.
GOST 8.009-84 “O‘lchash vositalarining me’yorlangan metrologik xarakteristikalari” ga muvofiq o‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari olti guruhga bo‘linadi:
o‘lchash natijalarini aniqlash uchun xarakteristikalar;
o‘lchash vositasi xatoligining xarkteristikalari;
ta’sir etuvchi kattalikka nisbatan o‘lchash vositasi sezgirligining xarakteristikalari;
Dinamik xarakteristikalar;
o‘lchash ob’yekti va vositasining o‘zarota’sirlashuvining ta’sir xarakteristikalari;
Chiqish signalining noinformativ parametrlari.
O‘lchash natijalarini aniqlash uchun belgilangan o‘lchash vositasining birinchi guruh xarakteristikasiga quyidagi xarakteristikalar kiradi:
– o‘lchash vositasi chiqish kattaligi (chiqish signali)ning kirish kattaligiga (kirish signaliga) bog‘liqligini xarakterlovchi o‘zgarish funksiyasi.
O‘zgarish funksiyasi analitik, grafik yoki jadval ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
a) bitta fizikaviy kattalik o‘lchamini hosil qiluvchi bir qiymatli o‘lchov qiymati yoki bir qator bir nomli kattaliklarni turli xil o‘lchamlaridan hosil qilinuvchi ko‘p qiymatli o‘lchovlar qiymati;
b) o‘lchash asbobining yoki ko‘p qiymatli o‘lchovning shkala bo‘linmasi qiymati;
v) chiqish kodi turi (raqamli o‘lchash vositasining), razryad kodining qiymati, natijani raqamli kod ko‘rinishida uzatish uchun belgilangan o‘lchash vositasi eng kichik razryad kodining birlik qiymati.
Ko‘rsatilgan xarakteristikalar o‘lchash vositasining aniq bir xilini nominal xarakteristikalar ko‘rinishida me’yorlaydi.
Ikkinchi guruhga o‘lchash vositasi xatoliklarining muntaza va tasodifiy tashkil etuvchilarining xarakteristikalari kiradi.
O‘lchash vositasi xatoligining muntazam tashkil etuvchisining matematik kutilishi (o‘rtacha arifmetik qiymatigi) ni baholash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:
(1)
O‘lchash vositasi xatoligining muntazam tashkil etuvchisi ko‘rilayotgan xarakteristikalari quyidagilarni o‘rnatish yo‘li bilan o‘rnatiladi:
a) ma’lum tipdagi o‘lchash vositasi xatoligining ruxsat etilgan muntazam tashkil etuvchisining (ijobiy va salbiy) chegarasi;
b) ma’lum tipdagi o‘lchash vositasi xatoligining o‘rtacha kvadratik og‘ishi va matematik kutilishi ruxsat etilgan muntazam tashkil etuvchisining (ijobiy va salbiy) chegarasi;
Tasodifiy xatolikning paydo bo‘lishi asosida chiqish signali gisterezisining paydo bo‘lishi natijasida o‘lchash vositasining chiqishida nomoyon bo‘luvchi taqsimlanish qonuni yotadi. Ushbu xodisa o‘lchash vositasi chiqish signali informativ parametrlarining ikki matematik kutilishi orasidagi farqni ifodalaydi.
Xarakteristikalarning uchinchi guruhiga o‘lchash vositasining ta’sir etuvchi kattalikka nisbatan sezgirligi kiradi. U quyidagi sonlardan tanlanadi:
Ta’sir etuvchi funksiya:
Kattalikka ta’sir etuvchi o‘lchash vositasi sezgirligining asosiy xarakteristikalari bo‘lib, ta’sir etuvchi faktor (iqlimiy, mexanik va boshqa bir qator faktorlar) bilan o‘lchash aniqligi orasidagi munosabat hisoblanadi, ya’ni faqat asosiy xatolik emas, balki qo‘shimcha xxatoliklar ham hisobga olinadi. Shu maqsadda ta’sir etuvchi funksiya tushunchasi kiritiladi.
Ta’sir etuvchi funksiya o‘lchash vositasi metrologik xaraktrestikasi o‘zgarishi bilan ta’sir etuvchi kattalikning yoki ta’sir etuvchi kattalik majmuasining o‘zgarishiga bog‘liq.
Ta’sir etuvchi funksiya nominal funksiyani o‘rnatish yo‘li bilan me’yorlanadi.
Metrologik xarakteristikalarning to‘rtinchi guruhi o‘lchash vositalarining dinamik xarakteristikalari sifatida qaraladi.
O‘lchash vositasining dinamik xarakteristikasi chiqish signalining kirish signali qiymatiga ta’siri natijasida yuzaga keluvchi o‘lchash vositasining xususiyati hisoblanadi. Bu qiymat vaqt davomida har qanday miqdorga o‘zgarishi mumkin.
Analog o‘lchash vositalarining to‘la va xususiy dinamik xarakteristikalari farq qiladi, bunda ularni chiziqli xaraktristika sifatida qarash ham mumkin. Ular tashkil etuvchi xaraktristikalarni va ularnig ruxsat etiladigan og‘ishdagi chegaralarini (musbat va manfiy) o‘rnatish yo‘li bilan me’yorlanadi.
O‘lchash vositasining o‘tkinchi xarakteristikalari chiqish signalini bevosita o‘lchash yo‘li bilan pog‘onali o‘lchashda olinuvchi vaqtinchalik xarakteristika hisoblanadi.
O‘lchash vositasining impulsli o‘tkinchi xarakteristikalari delta-funksiya (Dirak funksiyasi) ko‘rinishida olingan o‘lchash vositasi signalini kirishga uzatish natijasida olinuvchi vaqtinchalik xarakteristika hisoblanadi.
Xususiy dinamik xarakteristikalar faqat o‘lchash vositalarini qo‘llashda uning dinamik xususiyatlarini hisobga olish uchun yetarli bo‘lganda me’yorlashga ruxsat etiladi.
Metrologik xarakteristikaning beshinchi guruhi o‘lchash ob’yektining (to‘la qarshiliklari bilan) kirish va chiqishiga ulangan o‘lchash vositasining o‘zarota’sirini hisoblab chiqadi. To‘la qarshilik qiymati hisobi o‘lchash natijasi xatoligining xarakterstikalarini baholaydi.
Oltinchi guruh o‘lchash vositasi chiqish signalining noinformativ parametrlarini o‘z ichiga oladi. O‘lchash vositasi chiqish signalining noinformativ parametrlari bo‘lib, uzatish uchun foydalanilmaydigan yoki o‘lchash o‘zgartkichi kirish signalining informativ parametrlar qiymati indikasiya lanmaydigan yoki o‘lchovni chiqish kattaligi hisoblanmaydigan chiqish signalining parametri hisoblanadi.
Chiqish signalining noinformativ parametrlari nominal parametrlarni va undan ruxsat etilgan, ya’ni parametr qiymatining eng katta va eng kichik ruxsat etilgan og‘ish chigarasini o‘rnatish yo‘li bilan me’yorlanadi.
O‘lchash vositalari, boshqa texnik qurilmalar kabi ularning vazifa va qo‘llanilishini belgilovchi qator texnik xarakteristikalariga ega.
O‘lchash vositalarining sifatini, ularning texnik darajasini baholashda xizmat qiladigan va o‘lchash natijalariga ta’sirini va xatoliklarini baholash maqsadida o‘lchash vositalarining ba’zi xarakteristikalari ajratiladi. O‘lchash vositalarining bunday xususiyatlari metrologik xarakteristikalar deyiladi. Ishlash rejimiga qarab ular statik va dinamik xarakteristikalarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |