Islom karimov



Yüklə 339,22 Kb.
səhifə2/13
tarix04.05.2023
ölçüsü339,22 Kb.
#107454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi 000000

MUNDARIJA

t/r

Mavzular nomi

Bet.




Kirish




I

Materiallarning g‘ovakligi va ularning ahamiyati.




II

Materialning mustahkamligi, ularning ahamiyati




III

Alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarning asosiy xususiyatlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari




IV

Gidrotexnik inshootlarni ishlatishda antiseysmik choralar




V

Xizmat zinapoyalarining konstruktiv echimlari, ularning maqsadi.




VI

Hisob qismi.







Xulosa.







Foydalanilgan adabiyotlar.




Kirish
Har bir mamlakatning jahondagi mavqei uning er usti va osti boyliklari bilan emas, balki uning madaniyat tarixi bilan belgilanadi. Barcha sivilizatsiya tarixiga ega bo‘lgan mamlakatlar o‘zining madaniy yodgorliklari, shu jumladan arxitektura obidalari bilan umuminsoniy manaviyat boyliklariga hissa qo‘shib kelmoqda. Bu sohada Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, Ilm-fan va Madaniyat bo‘limi (YUNESKO) dunyodagi barcha umuminsoniy qadriyatlarni belgilash, tiklash va asrash borasida ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda.. O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda mustaqillikka erishgach madaniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati barcha bino va inshootlar hamda tarixiy obidalarni avaylab asrash, tiklash va kelajak avlodlarga etkazish masalasini qat’iy qo‘ydi va tegishli tashkilotlarni bu ishlarga jalb etdi. Qurilish konstruksiyalari – xar qanday bino va sun’iy inshootlarni qurish, turar joy binolar, jamoat, sanoat va qishloq xo‘jalk binolari, ko‘priklar, katta hajimli imoratlar, quvirlar va inshootlarning asosi hisoblanadi. Bino va inshooatni qurish uchun sarflangan xarajatlarning asosiy qismi konstruksiyalarga to‘g‘ri keladi. Нozirgi kunda аmalga oshirilayotgan katta xajmdagi kapital qurilishar, qurilish konstruksiyalarining samarali foydalanish darajasini rivojlanishi juda tez jadallashuviga turtki bo‘ldi – konstruksiyalarning turlari va ulardan tayyorlanadigan hom ashyolar to‘xtovsiz takomillashib bormoqda. Shu boisdan ularni hisoblash, loyihalash va tiklash usullari ham takomillashtirilmoqda. Qurilishning samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri – uni konstruktiv sxemalarini ixchamlashtirish va konstruksiyalarni tiplashtirish asosida iloji boricha ko‘proq tayyorgarligini oshirish bo‘lsa, ikkinchisi, bu imoratlarni raqobatbardosh,yuqori sifatli, shinam va vazifaviy qulay bo‘lishini ta’minlashdir. Shu tufayli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni qo‘llash bilan bir qatorda qurilish maydonchalarida bajariladigan ishlarga keng imkoniyatlar ochib berildi. Darslikda bino va inshoatlar kategoriyalari, ularga qo‘yilgan talablar, tashqi muhitni binoga hamda imorat ichidagi faoliyatni hayot faoliyati muhitga salbiy ta’sirlari ifodalangan. Turli ashyolardan tayyorlanadigan fuqaro va sanoat binolari konstruksiyalari haqida zarur axborotlar keltirilgan. Yangi bilimlar konstruksiyalari optimal va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydigan usullar; fuqaro va sanoat binolarini loyihalashda, qurishda va undan foydalanishda sifat ko‘rsatkichlar keltirilgan. Bino va inshootlar xavfsizligini ta’minlashdan maqsad, kelajak avlodlarga etkazishdir. Fuqaro binolari va ularga tegishli konstruksiyalar to‘g‘risida bilim berilarkan, talaba albatta erishilgan yutuqlar, qurilgan tarixiy va zamonaviy hashamatli bino va inshootlarni ma’lum darajada bilishlari maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Respublikasi 31 yilligi mobaynida mamlakatning turli hududlarida zamonaviy bino va inshootlar qurila boshladi. Misol tariqasida Toshkent shahar hududida “Tashkent City” biznes markazini tashkil etildi, shu bilan birgalikda “Hilton” mehmonxonasida tadbirlar o‘tkazish uchun beshta ko‘p tarmoqli anjumanlar zali hamda yozgi ayvon va banket zallari mavjud. Ularning umumiy maydoni 2 450 kv. m2 tashkil etadi. Barcha anjumanlar zallari birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan bo‘lib, tabiiy yoritish imkoniyatlariga ega.
2018-yilda “Toshkent City” hududida yana bir bino “Nest One” koʻp funksiyali osmonoʻpar bino boʻlib, balandligi 266,5 m boʻlib, kompleksning 51 qavatdan iborat, unda turar joy xonalari, ofislar, restoranlar, sport maydonchalari va boshqa jamoat joylarini oʻz ichiga oladi. Kompleksning qo'shni binolarida ofis maydoni va besh yulduzli "The Ritz-Carlton" mehmonxonasi joylashgan.
Tashkent-City (“Tashkent City” xalqaro biznes markazi, “Tashkent City” IBC) – Toshkent shahrida qurilayotgan biznes markazi. Shayxontoxur tumanida, Alisher Navoiy shoh ko'chasi, Olmazor va Furqat ko'chalari hamda Islom Karimov shoh ko'chalari oralig'ida joylashgan.
Tashkent City IBC doirasida biznes, turar-joy xonadonlari va hordiq chiqarishni birlashtirgan tadbirkorlik faolligi zonasi yaratilmoqda. “Tashkent City” IBC loyihasining boshqaruvchi kompaniyasi “Tashkent City” direksiyasi hisoblanadi.
Buzilgan Olmazor va Ukchi mahallalari oʻrnida, umumiy maydoni 80 gektar boʻlgan hududda qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu Oʻzbekistondagi bir martalik eng yirik qurilish loyihasidir. Loyihaning qurilishi xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilgan.
O‘zbekistonda qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.


Yüklə 339,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin