Islom karimov


II. Materiallarning mustaxkamligi, ularning ahamiyati



Yüklə 339,22 Kb.
səhifə4/13
tarix04.05.2023
ölçüsü339,22 Kb.
#107454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi 000000

II. Materiallarning mustaxkamligi, ularning ahamiyati.
Qurilish konstruksiyalari metall birinchi bor XII asrdan boshlab alohida detallar (tortkichlar, maxkamligichlar) ko‘rinishida qo‘llana boshlangan. Metalldan (chuyandan) ishlangan birinchi qurilish konstruksiyasi XVII- XVIII asrlarda paydo bo‘ldi. XIX asrda cho‘yan -temir fermalar, parchinlab tayyorlangan temir fermalar va temir konstruksiyalar paydo bo‘ldi. Elektr payvandlashning rivojlanishi undan metall konstruksiyalar qurilishda keng foydalanishga olib keldi. Hozirgi vaqtda metall konstruksiyalarda biriktirishning bunday usuli elementlarni biriktirishning asosi bo‘lib qoldi, bu esa metall sarfini kamaytirishga va tayyorlashdagi mehnat sarfini kamaytirishga olib keldi. Metall konstruksiyalar jahonda yuqori darajada rivojlandi. Kam legirlangan o‘ta mustahkam po‘latlar va alyuminiy qotishmalari, oldindan zo‘riqtirilgan, yahlit payvandlangan engil va tarkibli konstuksiyalar muvaffaqiyat bilan ishlatilmokda. Juda ko‘p noyob inshootlar - balandligi
200-300 m dan ortiq tele va radio minoralari, katta oraliqli ko‘priklar, sport
va ko‘rgazma zallari tom yopmalari, baland binolarning sinchlari metalldan ishlangan.
Qurilishda ishlatiladigan po‘latlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra kam uglerodli
va past legirlangan po‘latlarga bo‘linadi. Kam uglerodli po‘latlarning mexaniq xossalari asosan ularning tarkibidagi uglerod miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Past legirlangan po‘lat tarkibiga po‘latning mustahkamligini, zarbiy qovishoqligini va korroziyabardoshligini oshiradigan legirlovchi moddalar ko‘shiladi.
Olinish usuliga ko‘ra po‘latlar Marten po‘lati va kislorod konvertor po‘latiga ajraladi. Kislorod konvertor po‘latlari qaynaydigan – “QP” po‘latlar holida tayyorlanadi. Metallurgiya zyavodlari kam uglerodli po‘latlarni mexanik xossalari kafolatlangan (A gurux) kimyoviy tarkibi (B gurux), shuningdek mexaniq xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlangan (V gurux) holda ishlab chiqaradi. Me’yoriy ko‘rsatkichlariga qarab po‘latlar 1, 2, 3, 4, 5, 6-raqamli toifalarga bo‘linadi, ularning har biri uchun 2-mustahkamlik guruhi belgilangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar po‘latlarning belgilanishida ko‘rsatiladi. Masalan, pulat VS t3 sp5 - I deyilganda, V guruhga kiradigan StZ markali, tinch, 5- toifa, mustahkamlikning 1- guruhiga kiradigan po‘lat tushuniladi.
Past legirlangan po‘latlar doimo V guruxda chiqariladi, shu sababli uning belgilanishi raqamlardan boshlanadi. Dastlabki ikki raqam uglerod foizining yuzdan bir ulushlaridagi miqdorini ko‘rsatadi, harflar bilan legirlovchi qo‘shimchalar belgilanadi (G -marganets, S- kremniy, X - xrom, N -nikel, D- mis, A- azot, F -vannadiy). Shu xarflardan keyingi raqamlar ularning 1% dan ortiq bo‘lgan miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, 10 G2S1 markali po‘lat tarkibida 0,1 % uglerod,
2% marganets va 1% kremniy bo‘ladi.
Po‘lat fizikaviy xossalarining asosiy ko‘rsatkichlari; zichligi  = 7850 kg\m3 elastiklik moduli E=206.YU3 MPa, siljish moduli G=78.105 chiziqli kengayish koeffitsienti,  = 1,2.10-5 grad-1. Uglerodli po‘latning cho‘zilish diagrammasi oquvchanlik maydonchasi borligi bilan xarakterlanadi, uning asosiy xarakteristikalari oquvchanlik chegarasi va muvaqkat qarshiligidir. Past legirlangan po‘latlarning cho‘zilish diagrammasida oquvchanlik maydonchasi bo‘lmaydi, fizik oquvchanlik chegarasi belgilanadi, bunda qoldiq deformatsiya 0,2 % ga teng bo‘ladi.
Po‘lat konstruksiyalarni loyhalashda po‘latning ishlashiga haroratning ta’sirini e’tiborga olish kerak. Bunday ta’sir issiq iqlimli va havoning mavsumiy hamda kunlik harorati ko‘p o‘zgaradigan tumanlarda tiklanadigan ochiq konstruksiyalarda ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Bunday xollarda po‘lat konstruksiyalarning elementlarida katta harorat deformatsiyalari va qo‘shshmcha zo‘riqishlar paydo bo‘lishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Ularni kamaytirish uchun po‘lat konstruksiyalarni qattiq qizib ketishdan muhofaza qilish, harorat choklari kuyish va boshqa chora tadbirlarni ko‘rish lozim bo‘ladi. Shunday qilinganda po‘latning qizish natijasida mexaniq xossalarining o‘zgarishi kam bo‘ladi va uni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Agar harorat ancha oshib ketadigan bo‘lsa, masalan pechlar, issiqlik agregatlari va shunga o‘xshash texnologik uskunalar yaqinida bo‘lsa, u holda po‘latning mexaniq xossalarnni o‘zgarishini e’tiborga olish lozim. Masalan, harorat 300° S ga kadar ko‘tarilganda po‘lat mo‘rt bo‘lib qoladi, 600° S ga etganda yuk ko‘tarish qobiliyati keskin kamayib ketadi.
Po‘latdan qurilishda foydalanish uchun bir necha xil standart profillar, masalan, shveller, burchaklik, qo‘shtavr kabilar zavod sharoitida ishlab chiqariladi.

1-rasm. Metalldan standart ko‘rinshida, zavod sharoitida chiqaziladigan konstruksiyalar. (a – yonlari teng burchaklik, b – yonlari teng bo‘lmagan burchaklik, d – shveller, e, f ,g - qo‘shtavrlar va boshqa turli shakllar.)

Aksariyat konstruksiyalar turli profillar yig‘indisidan hosil bo‘ladi. Po‘lat profillarning o‘lchamlari-nomerlari konstruksiyalarning chegaraviy shartlariga doir hisobini amalga oshirish orqali topiladi. Qo‘shtavrli kesimlar oddiy yoki teng tokchali bo‘lishi mumkin. Shvellerlardagi kabi ularning nomeri ham sm hisobidagi balandligiga to‘g‘ri keladi. Oddiy kesimlarda qo‘shtavrlar, shvellerlarda bo‘lganidek, tokchalarining ichki qirrali qiya, keng tokchali qo‘shtavrlarning tokchalari qirrasi esa parallel bo‘ladi. Bukilgan kesimlar qalinligi 1,8 mm li lenta listdan tayyorlanadi. Ularning shakli turli bo‘lishi mumkin.


Po‘lat yuqori fizik va mexaniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani sababli qurilishda keng qo‘llanib kelinmoqda, ayniqsa murakkab, noyob, Mas’uliyati yuqori bo‘lgan, juda baland sanoat va jamoat binolarida samarali foydalanib kelinmokda. Metall konstruksiyalar yuqori mustahkamligi, ishonchliligi va umrboqiyligi bilan ajralib turadi.


Yüklə 339,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin