Islom karimov


Materiallarning g‘ovakligi va ularning ahamiyati



Yüklə 339,22 Kb.
səhifə3/13
tarix04.05.2023
ölçüsü339,22 Kb.
#107454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi 000000

1. Materiallarning g‘ovakligi va ularning ahamiyati.
Ko'pchilik materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ishlatilish jarayonida tashqi kuch va yuklanishlar ta’sirida boMadi. Misol sifatida poMatdan tayyorlangan avtomobil valini yoki aluminiy qotishmasidan yasalgan samolyot qanotini aytishimiz mumkin. Barcha holatlarda ularni to‘g‘ri loyihalash va keragidan ortiq deformatsiyalanishi oqibatida sinish ro‘y bermasligi uchun materiallar xossalarini bilish zarur. Mexanik xossa deganda, materialga yuklangan yuk (yoki deformatsiya)ga bardoshliligi tushuniladi. Asosiy mexanik xossalarga qattiqlik, mustahkamlik, plastiklik va o‘ta qattiqlik kiradi. Materiallar mexanik xossalar buyumni real yuklanish holatini aks ettiruvchi mustahkam loyihalangan va tayyorlangan laboratoriya jihozlarida sinaladi. Buyumlar cho‘zish. siqish yoki surishga sinalayotganda ta’sir etayotgan kuch doimiy yoki vaqt davomida o'zgaruvchan boMishi mumkin. Yuklangan kuch soniya yoki bir necha soat va yillar davomida ta'sir ettirilishi mumkin. Yuklanish ta’siri davomida yana bir muhim omil bu temperatura hisoblanadi. Muhandisning asosiy vazifasi buyumda real ish sharoitida, unda kuchlanish va deformatsiyaning taqsimlanishini hisoblay olishidir. Bu hisoblar buyumlarning kuchlanganlik holatlarining nazariy tahlili yoki sinov o‘tkazish usullari tavsiyalari bilan birga olib boriladi. Bunday masalani yechish uchun materiallar mikrostrukturasi (ichki tuzilishi) va mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish zarur. Konstruksiyada foydalanish uchun materialni tanlashda uning hamma mexanik xarakteristikalari kompleksiga e'tibor berish kerak. Ushbu bobda metallar, keramika va polimerlarning mexanik xarak33 teristikalarini aniqlovchi defarmatsion xossalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muhim bo‘lgan mexanik parametrlar muhokama qilinadi. Metal 1 va qotishmalarning xossalari deganda, kimyoviy, fizik, mexanik va texnologik xossalari tushuniladi. Kimyoviy xossalari. Kimyoviy jarayonlar natijasida qotishma strukturasi o‘zgarishi kimyoviy xossalarni ifodalaydi. Metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari oksidlanishiga yoki turli moddalar: havodagi kislorod, kislota hamda ishqor eritmalari va boshqalar bilan birikishiga qarshi tura olish xususiyatiga qarab xarakterlanadi. Metall boshqa elementlar bilan qancha oson birikishga kirishsa, u shuncha tez yeyiladi. Metallarning tashqi agressiv muhit ta’siridan kimyoviy yemirilishiga korroziyalanish deyiladi. Metallarning korroziyaga, kuyindi hosil bo‘lishiga va erishiga qarshiligi vaqt birligi ichida sirt birligiga to‘g‘ri keladigan tekshirilayotgan namuna massasining o‘zgarishi bilan belgilanadi. U yoki bu buyumlarni tayyorlashda metallarning kimyoviy xossalari albatta hisobga olinadi. Bu ayniqsa, kimyoviy agressiv muhitlarda ishlatiladigan buyum va detallarga taalluqlidir. Buyumlar tayyorlashda mavjud materiallarni qayta ishlash imkoniyatlari qanday darajada ekanligi materialning texnologik xossasi deyiladi. Qotishmalarning sovuqlayin yoki qizdirib ishlanuvchanligi, quyish, payvandlash, bolg‘alash, kesib ishlashga qulayligi texnologik xossalarini belgilaydi. Materialning xossalarini bilgan holda buyum yasashning texnologik jarayonlarini loyihalash mumkin. Kesib ishlanuvchanlik eng muhim texnologik xossalaridan biri hisoblanadi, chunki ko‘pgina tayyorlanmalar, shuningdek, payvandlab tayyorlangan uzel va konstruksiyalarning detallariga mexanik ishlov beriladi. Ba’zi metallarga osongina ishlov berib toza va silliq sirt hosil qilish mumkin. Qattiqligi past boMgan juda qovushqoq metallar ham yomon ishlanadi. Sirtida tirnalgan joylar sodir bo‘lib, g‘adir-budir chiqadi. Ishlov berishni yaxshilash uchun, masalan, po‘lat termik ishlanadi, bu bilan uning qattiqligi yo oshiriladi yoki kamaytiriladi ishlovga moslashtiriladi. 34 Vayvandlanuvchanlik metallarning xossalari asosiy metall xossalariga yaqin turgan payvand birikmalar hosil qila olish xususiyatiilir II payvandlangan namunani egish va cho‘zishga sinab ko‘rib itniqlanadi. Bolg'alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda tini ycmirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir. Holg'alanuvchanlik namunani berilgan darajagacha deformatsiyalab, tcmirchilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish balandligi, odatda, uning ikkilangan diametriga teng bo‘lishi kerak. A^ar uning yon sirtida darzlar paydo bo‘lmasa, bunday namuna sinovga bardosh bergan, tekshirilayotgan metall esa bosim ostida ishlov berishga yaroqli hisoblanadi. Materiallarning quyilish xossalari ularning darzsiz, bo‘shliqsiz va boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakterlaydi. Asosiy quyilish xossalariga suyuq holatda oquvchanlik, kirishuvchanlik va likvatsiya kiradi. Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi bo'shlig‘ini yaxshi to‘ldirish xususiyatidir. Kristallanishda kirishuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga o'tishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuvchanlik boshliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 1 ikvatsiya qotishmalarning kristallanishda paydo bo'ladigan kimyoviy tarkibining bir jinsli emasligidadir. Bu qotishmalar toza metal larga qaraganda qat’iy birtemperaturada emas, balki temperatura oralig'ida kristallanishi bilan tushuntiriladi. Qotishmaning kristallanish temperatura intervali qancha katta bo‘lsa, likvatsiya shuncha lev rivojlanadi. Bunda kristallanish temperatura oralig‘iga kuchli ta'sir qiladigan qotishma komponentlari(oltingugurt, kislorod, fosfor, uglcrod) po‘lat uchun likvatsiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi. Hgiluvchan metall va qotishmalarning texnologik xossalarini bukiluvchanligini va takror bukiluvchanligini sinash, botiluvchanligini sinash, cho‘kuvchanligini sinash, yassilanuvchanlik, o‘raluvchanlik, Iniraluvchanlik va boshqa xossalarini sinash usullari bilan aniqlanadi. Fizik xossalari. Metallarning fizik xossalariga uning rangi, zichligi. suyuqlanish temperaturasi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqdan 35 kengayuvchanligi, issiqlik sig‘imi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xossalari va boshqalar kiradi. Metall rangi deb, ma’lum to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik nurini qaytarish xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis pushti - qizil rangli, aluminiy esa kumushsimon oq rangli boiadi. Metallning zichligi hajm birligida joylashgan massa bilan xarakterlanadi. Zichligiga ko‘ra barcha metallar yengil (4500 kg/m3 dan kam) va og‘ir xillarga boiinadi. Turli buyumlar yaratishda metall zichligi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, samolyot va raketasozlikda juda yengil metall (aluminiyli, magniyli, titanli)va qotishmalardan foydalanishga harakat qilinadi. Bu buyum massasini kamaytirish imkoniyatini beradi. Suyuqlanish temperaturasi deb, metall qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadigan temperaturaga aytiladi. Suyuqlanish temperaturasiga qarab qiyin suyuqlanadigan (volfram 3416°C, tantal 2950°C, titan 1725°C va boshqalar) va oson suyuqlanadigan (qalay 232°C, qurg‘oshin 372°C, rux 419°C, aluminiy 660°C) metallar boMadi. Quyma buyumlar, payvandlanadigan va kavsharlanadigan birikmalar termoelektrik uskunalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun metall tanlashda suyuqlanish temperaturasi katta ahamiyatga ega. SI birliklar sistemasida suyuqlanish temperaturasi Kelvin (K) shkalasida ifodalanadi. Metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi deb, uning ko‘p qizigan qismidan kam qizigan qismiga issiqlik o‘tkazish xususiyatiga aytiladi. Kumush, misning ko‘p issiqlik o‘tkazuvchanligi aluminiyga nisbatan besh marta kichikdir. Detallar uchun materiallar tanlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik katta ahamiyatga ega. Masalan, metall issiqlikni yomon o‘tkazsa, u qizdirilganda yoki tez sovitilganda (termik ishlov berishda, payvandlashda) unda darzlar paydo boMadi. Mashinalarning ayrim detallari (motorlarning porshenlari, turbinalarining kurakchalari) issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan materiallardan tayyorlanishi kerak. SI birliklar sistemasida issiqlik o‘tkazuvchanlik Vt/(m K) bilan oMchanadi. Metallning issiqdan kengayuvchanligi deb, qizdirilganda uning o‘lchamlarining kattalashish, sovitilganda esa kichrayish chiziqli 36 kcnguyish koeffitsiyenti xususiyatiga aytiladi. Metallarning issiq- «l.in kengayuvchanligr payvandlashda, bog‘lanishda hamda qizdirib hiijmiy shtamplashda, quyish qoliplari, shtamplar, prokat valiklari, kalibrlar tayyorlashda, aniq birikmalar hosil qilishda hamda priborlarni yin'ishda, ko'prik fermalar qurishda, temir yo‘l relslarni yotqizishda hisohga olinishi kerak. Metallning issiqlik sig‘im deb, qizdirilganda uning ma’lum miqdordagi issiqlikni yutish xususiyatiga aytiladi. Issiqlik sig'imi SI birliklar sistemasida J/kgK bilan o‘lchanadi. Turli metallarning issiqlik sig‘imi ularning solishtirma issiqlik sig‘imi miqdoriga qarab solishtiriladi. Solishtirma issiqlik sig‘imi 1 kg metall temperaturasini 10°C ga ko'tarish uchun kerak bo‘ladigan, kilo kaloi iyada ifodalangan issiqlik miqdoridir (u SI birliklar sistemasida J/kg K) bilan o‘lchanadi. Metallarning elektr tokini o‘tkazish xususiyati ikkita o'zaro qarama-qarshi xarakteristikalar elektr o‘tkazuvchanlik va elektr qarshiligi hi Ian belgilanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik SI birliklar sistemasida simens (Sm) da, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik Sm/m da, shunga o xshash elektr qarshiligi esa Om/m da o‘lchanadi. Mexanik xossa. Qotishmalarning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko'rsata olishi mexanik xossasini ifodalaydi. Asosiy mexanik xossalari;a qattiqlik, mustahkamlik, qovushqoqlik, nisbiy uzayish va torayish kiradi. Metallarning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik xususiyati uning mexanik xossalari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham metall knnstruksiyalarini tayyorlash uchun material tanlashda avvalo uning mexanik xossalariga, ya’ni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, zarhiy qovushqoqligi, qattiqligi va chidamliligiga e’tibor berish kerak. Ии xossalar metallga tashqi kuch ta’sir ettirib, mexanik sinovlar natijalariga qarab belgilanadi. Tashqi kuchlar statik, dinamik yoki siklik (lakror o‘zgaruvchan) bo‘lishi mumkin. Qotishmaning o‘z sirtiga undan qattiqroq jism botishiga qarshilik korsatishi qattiqlik deyiladi. Qattiqlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Brinell, Rokvell, Vikkers usullari va h.k. Brinell usulida (l)St 9012-59) qattiqligi 450 birlikkacha boMgan qotishmalar qattiqligi aniqlanadi. Qotishma xiliga va qalinligiga ko‘ra diametri 2, 5, 10 mmli toblangan po‘lat sharcha namunaga 187,5, 750 va 3000 kg kuch 37 bilan asta-sekin botiriladi. Sharchaning namuna yuzasida qoldirgan izi diametriga ko‘ra qotishmaning qattiqligi aniqlanadi.
Texnologik xossalari. Metall va qotishmalarning texnologik xossalariga ularning texnologik ishlanuvchanligi bilan bogMiq xossalar: kirishuvchanlik, quyuluvchanlik, suyuq holatda oquvchanlik, bolg‘alanuvchanlik, payvandlanuvchanlik va kesib ishlanuvchanlik va boshqa xossalar kiradi. Bu xossalar haqida alohida to‘xtalib o‘tamiz. Qolipning oMchamlari va shu qolipda quyish yoMi bilan hosil qilingan quymaning oMchamlari orasidagi farq kirishuvchanlik deyiladi. Kirishuvchanlik foizlarda ifodalanadi. Qotishmalarning kirishuvchanligi bir-biridan farq qiladi va maMum kattalikka ega boladi. Cho‘yanlar uchun kirishuvchanlik 1,5-1,75% ni tashkil etsa, bu kattalik poMatlar uchun 1,4-2,2%, kulrang cho‘yan 0,5-1,25 %, mis qotishmalari 0,8-1,6%, aluminiy qotishmalari 0,3-1,2% va magniy qotishlari 0,3-1,2% ni tashkil etadi. PoMatlarda quyluvchanlik nisbatan yomonroq bo‘ladi.
Yog‘och materiallar.Yog‘och konstruksion material sifatida sanoatning turli sohalarida (avtomobilsozlikda, mebel sanoatida, qishloq xo‘jalik mashinasozligida va boshqa joylarda) ishlatiladi. Yog‘ochning afzalligi quyidagilardan iborat: solishtirma mustahkamligi yuqori, zarbiy va titrash nagruzkalariga qarshiligi yaxshi, issiqlik o'tkazuvchanligi kam, chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyent past (poMatnikiga qaraganda 2-3-marta kam). Yog‘och kislota, tuz, moy ta’siriga chidamli. Yog‘och kamchiliklariga quyidagilar kiradi: yog'och gigroskopik boMganligidan buyum shaklining stabilligi buziladi; yaxshi yonadi. mexanik xossalari anizotropik. Yog'ochning mexanik xossalari uning namligi va tolalariningyo‘nalishiga bog‘liq. Yog‘och xossalarini solishtirish uchun 15% ga teng standart narnlik belgilangan. Eng ko‘p tarqalgan yog'och turlari tolalari bo'ylab statik egilganda quyidagicha mustahkamlik chegaralariga (MPa) ega bo'ladi: zarang - 105, tilog‘och-98, qayin-96, qoraqayin-95. qarag‘ay -76, archa -72. Tabiiy yog‘och tilingan binokorlik materiallari ko‘rinishida ishlatiladi. Ko'ndalang kesim o ‘lchamlariga qarab yog‘och materiallar to'sinlar (100x100 mm dan katta); brusoklar ko‘pi bilan (eni qalinligidan ikki marta katta) taxtalar (eni qalinligidan kamida ikki marta katta) kabi xillarga bo'linadi. Nina bargli daraxtlardan tilingan yog‘och materiallar ko‘proq ishlatiladi, chunki ularning mustahkamligi katta, kamroq, chiriydi. Nina bargli va yaproqli qattiq daraxt (dub, shumtol) dan olingan yog'och materiallar kuch tushadigan detallarda ishlatiladi. F a n e r- qatlamli yog‘och material boiib, tilib olingan shponlarni yoqoch tolalarini bir-biriga ko‘ndalang joylashtirib, uch va undan ortiq qatlam qilib yopishtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shilingan shpon deb. yog‘och g‘o ‘lani aylantirib, undan 0,3-3 mm qalinlikda yo'nib olinadigan yupqa yog‘och listlarga aytiladi. Shponlarni yopishtirish uchun fenol-formaldegidli, karbamidli va boshqa yelimlardan foydalaniladi. Yelim turi fanerning suvga chidamliligiga, mustahkamligiga ta’sir qiladi. Oq qayin shponidan fenol-formaldegidli yelim bilan yopishtirib tayyorlangan, bakelizatsiya qilingan faner nisbatan ancha mustahkam va suv ta’siriga chidamli bo'ladi. Oq qayindan yasalgan fanerning tolalari bo‘ylab mustahkamligi 65-80 MPa. Presslanganyog‘och suv bugMaridaoldindan 100-I05°C temperaturagacha bug'langan yoki issiq gazlar bilan qizdirilgan brusok va taxtalarni metall qoliplarda presslash yo‘li bilan olinadi. Hosil bo‘lgan yog‘och shaklini qotirib qo‘yish uchun uni bosim ostida 100— I20°C temperaturagacha 5-8% namlik hosil bo‘lguncha qizdiriladi. Zarbiy nagruzkalar ostida ishlaydigan mashina detallarini (kulachoklar, vtulkalar, podshipniklar va hokazolar tayyorlashda presslangan yog'och, rangli metallar, plastmassalar) o‘rnini bosa oladi.

Yüklə 339,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin