Tadqiqot metodologiyasi Avvalo kreditni qo‘llab quvvatlovchi va uni amalda qo‘llanilishini ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratib berishni ilgari surgan kapitalizmda nimalar deyilgan.
Ilmiy adabiyotlarda kreditga quyidagicha ta’rif beriladi ‘‘ Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi’’[4]
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil etadi.[5]
Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari ro‘lini kuchaytirish,bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognoz hamda pul bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutildi[6].
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarinig o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruruiy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi[7].
Endi esa islom olamida kreditga qanday fikrlar keltirib o‘tilganiga e’tibor qaratsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Muhammad Taqi Usmoniy janoblari shunday degan ‘‘Islomda foiz qat'iyan man etilgan, biroq kreditor qarzdordan asosiy qarzni qaytarishni talab qilishga haqli. Kreditorni aldash yoki qarzni isrof qilish niyatida kredit olish mumkin emas.’’[8]
Avvalo Qur'onning ushbu oyatlarini to'g'ri talqin qilish va sahih hadislarda aytilgan narsalarni o'ylab ko'rishimiz, so'ngra Qur'on va Sunnat terminologiyasida foiz nima ekanligini, u qanday bitimlarni qamrab olishini aniqlashimiz kerak. , uning ta'qiqlanishi ortida qanday hikmat bor va u jamiyatga qanday zarar keltiradi.
Foiz riboning ikkinchi jihati fikriy va iqtisodiydir foiz dunyoning iqtisodiy rivojlanishini kafolatlaydi, shuning uchun uning to'xtatilishi savdo va umumiy iqtisodiy faoliyatni butunlay yo'q qilishga olib keladimi? Yoki bu yovuzlik Alloh taolodan va oxiratdan g'ofil kimsalarning miya bolasidan boshqa narsa emas. Aks holda, barcha iqtisodiy muammolarni usiz ham hal qilish mumkin. Bir qadam oldinga o'tsak, hatto aytishimiz mumkinki, dunyodagi iqtisodiy tinchlik riba rbạ ning yo'q qilinishiga, balki uning muammolarini hal etishga ham bog'liq. Foiz - dunyodagi iqtisodiy kasalliklarning eng katta sababi.
Bu ikkinchi jihat iqtisodiy muammoni muhokama qilishni o'z ichiga oladi, uning ostida Qur'on tafsiri bilan bog'liq bo'lmagan uzoq munozaralar kelib chiqadi, shuning uchun biz o'zimizni faqat birinchi jihati bilan cheklaymiz, bu ham kam tafsilotni talab qilmaydi.[9]
Biz bundan xulosa olamizki hozirgi kunda dunyoning hamma davlatlari kredit foiz tizimidan foydalaniladi. Buning sababi yuqorida keltirilgan tushuntirishlar orqali bilib oldik. Biz hozirgi kunda nafaqat O‘zbekiston Respublikasi balki butun dunyoda foiz tizimidan bosqichma-bosqich foiz islom moliyasi asosida, iqtisodni rivojlantirish kerak deb hisoblaymiz.
Buning yana boshqa misollarni quyidagi tadqiqiot natijalari orqali bilamiz