Islom sug’urtasi Islamic insurance Takaful Vaqf Halal insurance Sug'urta arabchada ta'min


O'zini o'zi sug'urtalash O'zini o'zi sug'urtalash



Yüklə 12,99 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü12,99 Kb.
#194039
1   2   3   4   5
Islom sug`urtasi

O'zini o'zi sug'urtalash

O'zini o'zi sug'urtalash


O'zini o'zi sug'urtalash: O'zini o'zi sug'urtalash SelfInsuranse, bu kishi o'z mablag'idan bir qismini ajratib, qiyinchilik kunlari uchun olib qo'yishdir. Agar boshiga bir musibat tushsa, ajratib qo'ygan ehtiyojiy mablag' bilan ushbu musibatni ketkazadi.
Ushbu sug'urta turi kichik korxonalardan ko'ra katta korxonalar uchun, bir-biriga ishlab chiqarish muassasasidan ko'ra, bir-biridan uzoqroq muassasalar uchun foydaliroq hisoblanadi. Chunki, bularda ehtimoliy xatarlarni o'rnini qoplash yig'ib qo'yilgan mablag'larsiz qiyin kechadi. O'zini o'zi sug'urtalashda sug'urtalovchi sug'urta tashkilotlarining rasmiyatchiliklaridan qutiladi. Shu bilan birga, yana sug'urtalovchining xavf va xatarlardan saqlanishi kuchliroq bo'ladi. (Chunki bunda bo'ladigan xatarlarni qoplash sug'urtalovchining o'z mablag'i bilan bo'ladi). Yana bunda xatar sodir bo'lsagina uni qoplashga mablag'ni ishlatiladi.

Ijtimoiy sug'urta

Ijtimoiy sug'urta


Ijtimoiy sug'urta: Ijtimoiy sug'urtani asosan ishchilarning o'zi nizomga soladi. Ular ish jarayonida yetishi mumkin bo'lgan kasallik, ojizlik va qarib qolish kabi ishga yaramay qolishni o'rnini to'ldirish uchun oldindan ish beruvchiga yoki davlatga mablag' o'tkazib turishadi. (Agar ishchi biror sabab bilan ishga yaramay qolsa, uning oyligini ushbu oldindan yig'ib olingan mablag' bilan qoplanadi). Davlat bu ko'rinishdagi ijtimoiy sug'urtani tartibga solish va idora qilishni o'z zimmasiga oladi”. (al-Vosit lis-Sanhuriy 2 mujallad 7 juz' 1156-sahifa).
Ijtimoiy sug'urtani bir necha turlari mavjud:
  • Keksalik nafaqasi;
  • Kasallik va vafot topganda qilinadigan nafaqa;
  • Ishsizlik sug'urtasi;
  • Ijtimoiy himoya qilish sug'urtalari;
  • Ijtimoiy himoyalash maskanlarini tutib turish, kutubxonalardan, klublardan, muzey va yarmakalardan, yo'l - transport vositalaridan bepul yoki arzon narxda foydalanish sug'urtalari;
  • Ish musibatlaridan sug'urtalash;

Yüklə 12,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin