Tijoriy sug'urta: Tijoriy sug'urtani biror muassasa yoki tijoriy shirkat yo'lga qo'yadi. Uning asosiy maqsadi foyda olishdir. Bu tashkilot sug'urta qildiruvchilardan ma'lum miqdorda a'zolik badali yig'ib oladi va ushbu mablag' bilan ehtimoliy hodisalar uchun sarf xarajatlarni amalga oshirib, undan ortganini o'z foydasiga oladi.
Tijoriy sug'urtaga xatarni ma'lum evaz hisobiga ko'chirib berish deb qarash mumkin. Shuning uchun, ba'zi fuqarolar bu turdagi sug'urtaga ijozat bermaganlar. Chunki, unda xatarni o'zgartirish yoki boshqa tomonga ko'chirish uchun evaz e'tiborga olinadi. Ushbu fuqaholar o'zaro yordam sug'urtasiga ruxsat berganlar. Chunki, bunda xatarni ko'tarish yoki tarqatib yuborish uchun o'zaro yordam e'tiborga olinadi.
Hukmi
Hukmi
Hukmi: Shu o'rinda fuqarolar va ishtirokchilar: “Biz avvaldan joriy bo'lib kelayotgan islomiy merosimiz bilan kifoyalansak bo'ladi, boshqa tijoriy yoki o'zaro yordam sug'urtalari kabi kelgindi tushunchalarga ehtiyojimiz yo'q. Chunki bu ikki turdagi sug'urtalarda noaniqlik, aldov, qimor, ribo, ko'z bo'yash va kishilar molini botil yo'l bilan yeyish bor. Shuning uchun, bularga shar'iy jihatdan ruxsat berib bo'lmaydi”, deydilar.
Boshqa fuqarolar o'zaro yordam sug'urtasiga ijozat berganlar. “Chunki o'zaro yordam sug'urtasi xayriya ishlariga o'xshaydi. Xayriya ishlarida, esa noaniqlik va biroz g'arar bo'lsa zarari yo'q. Sug'urta qimordan shar'iy jihatdan ham qonuniy jihatdan ham farq qiladi. Sug'urta jiddiy ishdir. Qimor esa, o'yindir. Sug'urta ilmiy asoslarga suyanadi. Qimor esa, taxminiy nasibaga suyanadi. Qimordan xatarlar kelib chiqsa, sug'urtada xatarlar oldi olinadi”, deydilar.
Yana boshqa ba'zi fuqarolar tijoriy sug'urta turiga ham ijozat berganlar. “Chunki tijoriy sug'urta turi ham o'zaro yordam sug'urta turidan farq qilmaydi. O'zaro yordam sug'urtalari ham yolg'iz xayriya hisoblanmay, balki bularda ham evaz oldi-berdisi bo'ladi. O'zaro yordam sug'urtalari foydasiz evaz berishdir. Lekin islomda foyda ko'rish man' qilinmagan”.