Halol sug'urta tizimi yoki Takaful sug'urta tizimi ko'p yillar davomida islom e'tiqodi ustun bo'lgan mamlakatlarda qo'llanilgan. Zamonaviy ma'noda, bu haqida yigirmanchi asrda an'anaviy sug'urtaga alternativa sifatida gapira boshladilar. Bugungi ma'noda birinchi halol sug'urta kompaniyalari 1979 yilda Birlashgan Arab Amirliklari va Sudanda tashkil etilgan. Keyinchalik, ushbu kompaniyalar Malayziya va Saudiya Arabistonida tashkil etilgan. Bugungi kunda musulmon bo'lmagan mamlakatlarda halol sug'urta yoki takaful sug'urtasi amalga oshiriladi.
Takaful
Islom sug'urtasi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin, jumladan takaful, vaqf, o'zaro yordam jamg'armalari va o'zaro sug'urta ko'rinishida. Misol uchun, “takaful” arabcha so'z bo'lib “o'zarokafolatlash” ma'nosini bildiradi va O'zbekiston qonunchiligida ko'zda tutilgan, fuqaro va tashkilotlar tomonidan muayyan pul mablag'larini birlashtirish yo'li bilan, amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ikki tomonlama sug'urtaga mos keladi. Ushbu sug'urta turi ayrim mamlakatlarda vaqf ko'rinishida ham qo'llanib kelinmoqda. Bundan, moliyaviy mahsulot yoki tizimning nafaqat nomiga balki uning shakli va tamoyillariga ham e'tibor qaratish muhimligini anglashimiz mumkin.
Takaful (o'zaro kafolatlar berish) - bu ishtirokchilar va operator o'rtasida foyda va zararlarni taqsimlashning shariat talablariga muvofiq mexanizmiga asoslangan sug'urta tizimi.
Umumiy takaful mulkni sug'urtalash sohasiga ta'sir qiladi, sug'urta qildiruvchilar esa xarajatlarni ushlab qolgandan so'ng to'langan mablag'lardan sug'urtalovchi foydasining bir qismini talab qilishi mumkin.
Oilaviy Takaful - bu shaxsiy sug'urta, bu an'anaviy sug'urtadan ancha farq qiladi. Aynan shu sug'urta turi bilan Islom huquqshunoslari birinchi navbatda ribo elementi mavjudligini bog'lashadi.
Vaqf
Vaqf
«Vaqf» so'zi lug'atda «to'xtatish», «tutib qolish» ma'nosini anglatadi. Shariatda esa molning aslini ushlab turib, foydasini Allohga qurbat (yaqinlik) hosil qilish uchun sarflashga aytiladi. Vaqfqilingan narsadan keladigan foyda vaqf qiluvchi belgilagan, ko'rsatgan shar'iy maqsad uchun sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvchiga bo'ladi. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros qoldirilmaydi. Quyidagi oyati karima vaqfning shariatda joriy qilinishiga dalolat qiladi: