“Ey, imon keltirganlar! Kasb qilgan narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa (ehson) qilinglar!” (“Baqara” surasi, 267-oyat)
“Ey, imon keltirganlar! Kasb qilgan narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa (ehson) qilinglar!” (“Baqara” surasi, 267-oyat).
Vaqf
Vaqf
Vaqf so'zining istilohiy ma'nosi borasida fuqaholar tarafidan turli-xil ta'riflar aytilgan. Ularning xulosasi shuki, «vaqf bu — biror nimani Allohning mulki sifatida (oldi-berdi muomalasidan) to'sib qo'yish va undan hosil bo'ladigan manfaatni esa muayyan qatlamga yoki barcha ehtiyojmandlarga yoxud barcha musulmonlar uchun sadaqai joriya qilib qilib qo'yishdir».
Vakif
Vakif
O'z mulkini vaqf qiluvchi inson quyidagi shartlarni qo'yishi mumkin:
Vaqf mulkidan faqat bir toifa insonlar foydalanishini shart qilish (masalan, bu binodan faqat talabalar foydalansin, kabi);
2) Vaqf mulkidan foydalanishda bir toifani ikkinchi toifadan ustun ko'rishni shart qilish (masalan, avval talabalarga, ulardan keyin shifokorlarga sarflansin, kabi);
3) Vaqfga haqdor bo'luvchida bir sifatning bo'lishini shart qilish;
4) Vaqfga haqdor bo'luvchida bir sifatning bo'lmasligini shart qilish;
5) Vaqfga nazoratchilikni shart qilish va boshqalar.
Yuqoridagi kabi shartlar Qur'on va Sunnatga xilof bo'lmasa, ularga amal qilish lozim bo'ladi.
«UZARO» ISMJ
«UZARO» ISMJ
haqida
«UZARO» ikki tomonlama sug'urta qilish matlubot jamiyati («UZARO» ISMJ) O'zbekiston Respublikasida birinchi tashkil etilgan o'zaro sug'urtalash jamiyatidir. Jamiyat sug'urta munosabatlarining notijorat shaklida ishtirok etishdan manfaatdor bo'lgan shaxslarning ehtiyojlarini qondirish va shu bilan O'zbekistonda o'zaro sug'urta sohasining yanada rivojlanishi va takomillashishiga xissa qo'shish maqsadida tashkil etilgan.