5.Oxirat-bu dunyoda Alloh taoloning o’zidan va u xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydigan kundir.Uning qachon bo’lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. 6 .Taqdir- Alloh taolo tomonidan bo’lgan va bo’ladigan yaxshi,yomon ishlarning qayshi zamonda, qaysi joyda, qay ravishda bo’lmog’ini hamda o’z ilmi azaliysi bilan bo’lmasdan turib oldindan belgilab qo’yilishidir. 7.Alloh taoloning qudrati bilan o’lgan bandalar qayta tiriladilar,so’ngra Alloh taoloning tayin qilgan yeriga borib yig’iladilar.Yig’iladigan joyning nomi ”Mahshar yeri”, kun esa “Qiyomat kuni” deb ataladi.
Islom dini 5 ustunga ega.
Kalima keltirish
Ro’za tutish
Haj safari
Zakot berish
Namoz o’qish
1.Kalimayi shahodat- Allohdan o’zga iloh yo’qligiga va Muhammad (s.a.v) uning bandasi va payg’ambar ekanligiga shohidlik beraman demoqlikdir.U arab tilida shunday deyiladi:”Ashhadu an lo ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh”. 2.Namoz o’zini musulmomnan deb hisoblaydigan har bir bandaga buyurilgan ibodatdir.Namoz ibodati kuniga 5 mahal o’qiladi. 3.Ro’za erta tongdan to kun botishiga qadar yemoq va ichmoqdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlik demakdir.Ro’za har bir musulmonning o’zi tutib berishi shart bo’lgan farz ibodatidir.Ramazon oyi oxirida fitr sadaqasi beiladi.Fitr sadaqasi-o’ziga to’q musulmonlarning muhtoj va hojatmandlar uchun Ramazon oyida beradigan xayru ehsonalaridir. 4.Zakot-badavlat musulmonlarning boyliklari ichidagi faqiru miskinlarga beilishi shart bo’lgan Allohning haqqidir.Zakot-berilishi shart bo’lgan majburiy ehsondir.Zakot ehson bo’libgina qolmay ibodat hamdir.
5.Haj-bu Ka’batullohni tavof qilmoq, Safo va Marva Tepaliklari orasida yurmoq,Arofat tog’ida bo’lmoq va zarur marosimlarni ado qilmoq uchun umrda bir marotaba Makka shahriga ziyoratga bormoqlik demakdir.