Islom ta’limoti asoslari



Yüklə 10,58 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü10,58 Kb.
#205265
1   2   3   4
islomda inson huquqlari himoyasi

Qur’on Islom dining muqaddas kitobi hisoblanib,114 ta sura,6226 ta oyatdan iborat.Islom tarixiga ko’ra Qur’onning sura va oyatlari Muhammad payg’ambarga parcha-parcha tarzida vahiy qilib borilgan.Vahiy kela boshlagan kun “Laylat ul-qadr’ kechasi boshlanib, 23 yil davom etgan.Muhammad (s.a.v) vafotidan so’ng Qur’oni karim suralarini top’lash va mushaf qilish xalifa Abu Bakr va Usmon nomlari bilan bog’liq.

Xalifa Abu Bakr Qur’on suralarini yoddan biladigan kishilar bilan suralarni to’plam ko’rinishiga olib kelib,Suhuf deb ataganlar.Xalifa Usmon Qur’onni butun bir kitob holiga olib kelishga erishdi.Qur’onning “Usmon to’plami” asl nusxasi Madinada qoldirilgan.Ko’chirilgan 4 nesxasi esa Makka,Kufa,Basra va Damashqqa yuborilgan.Islom an’anasida Qur’onning asl nusxasi deb tan olingan “Usmon to’plami”ning to’rtala nuxasi ham mavjud.Ulardan biri Toshkentdagi Musulmonlar idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.”Usmon to’plami”ning qolgan 3 nusxasi Qohira,Makka va Madinada saqlanmoqda.

Hadis musulmonlarda Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitobdir.Hadis arabcha so’z bo’lib, ”rivoyat”, ”naql” degan ma’nolarni anglatadi.Hadis-Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba,Muhammad payg’ambar(s.a.v.) ning faoliyati va ko’rsatmalari haqida to’plangan ma’lumotlar yig’indisidir. Hadislar VII-VIII asrlardan boshlab to’plana bordi.Hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlarni muhaddislar deb ataladilar.

Hadis ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan vatandoshimiz bu Imom al-Buxoriydir.Imom al-Buxoriydan boy va qimmatli 20 dan ortiq asar qolgan.Ularning ichida “Al-Jome as-sahih” eng mashhuridir. “Al-Jome as-sahih” asariga 7275 ta hadis kiritilgan.Hadisda inson imoni mukammal bo’lmog’ining 3 sharti haqida bunday deyilgan: a) to’g‘ri e’tiqodli bo’lish; b)kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lish; d)kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat hamd toatda chiniqtirmog’i lozim.1998-yil oktabrda “Al-Jome as-sahih” kitobi ilk bor o’zbek tilida nashr etilib,kitibxonlarga taqdim etildi.


Yüklə 10,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin