Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari. Ta’kidlaganimizdek, rahbar nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat kishilar harakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasliklari kerak. Albatta, bu ham qandaydir aniq, holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta’sir etuvchi faktorlarning faqat bittasidir. Shu sababli, rahbar, eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so’ngra esa u yoki bu usulni qo’llash bo’yicha qaror qabul qilishi kerak.
Ishga bo’lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqo zid bo’lib, bunda har bir xodim va bo’limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:
erishishi lozim bo’lgan natija ko’lami;
Rahbar bu masalalarni o’zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda, har bir xodim va bo’lim qay tarzda ish tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog’i lozim.
Muvofiqlashtirish va integrasiyalash usuli. Bu usul og’zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.
Boshqarishda vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni mansablarga ko’ra darajama-daraja bevosita itoat etish, bo’ysunush tartibini o’rnatish kishilarning o’zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.
11.4. Stress va uni boshqarish.
Stress — inglizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik, keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.
Salbiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: "u asabiylashdi" deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy tushunchasi:
salga asabiylashaveradigan, bo’lar-bo’lmasga qizishib, tutoqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;