Korxonaning innovatsion salohiyati – korxonaning yangiliklarni joriy qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning samaradorligini oshirish maqsadida korxonaning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati. Korxonaning innovatsion salohiyatining ichki innovatsiya jarayonidagi barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf me’yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi.
Kredit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo’sh mablag’larlarini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga berish jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui.
Kutilayotgan inflyatsiya darajasi – mavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma’lumotlar asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo’lg’usi davrdagi inflyatsiya darajasi. Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo’ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do’stlik va bag’rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari –mustahkam iqtisodiy asosga ega bo’lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma’naviy–ma’rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o’rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o’tish konsepsiyasi.
Kuchli jamiyat –mustahkam negizning barqarorligi ta’minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Qo’shimcha qiymat solig’i – bilvosita soliq hisoblanib, korxona, tashkilot va birlashmalarda yangi yaratilgan qo’shilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga majburan olishdir. Ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni), O’zbekiston respublikasi hududidagi import qilingan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) hamda O’zbekiston Respublikasi hududida bajarilgan (ko’rsatilagan) ishlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish jarayonidagi qo’shilgan qiymatni bir qismini byudjetga ajratuvchilar qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari hisoblanadi.