Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli bo’lmagan, ammo ma’lum qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarga bo’ysungan holda faoliyat ko’rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi.
Ombudsman – inson huquqlarini himoya qiladigan maxsus tashkilot. U inson huquqlarini turli ma’muriy organlardan himoya qilishni maqsad qilib qo’yadi.
Parlament – fransuzcha «parle» gapirmoq so’zidan kelib chiqqan bo’lib, rasmiy so’zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Parlament turidagi partiyalar: (Evropa turi) ijtimoiy tuzumni o’zgartirmay harakat qilib keluvchi, tashkiliy tuzilmaga ega bo’lgan, parlament faoliyatiga qaratilgan, islohotchilar partiyasi.
Partiya – so’zi lotincha, «pars» – «qism», «guruh» so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, u yoki bu jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, qatlamlarning bir qismini, odatda ularning ilg’or va eng faol qismini birlashtiradigan siyosiy tashkilotni anglatadi.
Partiyalar shakllanishining uch yo’li:«Yuqoridan» shakllanish yo’li parlament guruhlari siyosiy elita, partiya byurokratlari faoliyatlari asosida amalga oshirilishi mumkin. «Quyidan» shakllanish ijtimoiy harakatlar yoki aniq mafkura, yetakchi tarafdorlarining birlashuvlari asosida bo’lishi mumkin. Partiya shakklanishining «aralash» usuli elitar guruhlar va oddiy fuqarolarning birgalikdagi harakatlari asosida ro’yobga chiqadi.
Preferensiya –iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Proteksionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, mamalakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi.