Samarali iqtisodiy siyosat – davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va o’zaro uyg’unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui.
Sektor – institutsion birliklar yig’indisi bo’lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari va funksiyalari bir xil bo’ladi, natijada ularning iqtisodiy huquqi ham o’xshashib ketadi.
Servis – jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat ko’rsatish; ishlab chiqarish-texnika maqsadlarida mahsulotlarni, moddiy-maishiy, xo’jalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish sohalari.
Siyosiy partiya– ijtimoiy sinf, tabaqa va guruhlarning tub manfaatlarini o’z faoliyatida ifoda etuvchi, ularni muayyan maqsad – manfaatlarini himoya qilish uchun kurashga qaratilgan siyosiy tashkilotdir.
Siyosiy tizimning tarkibi - avvalo siyosiy hokimiyatning faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy tashkilotlar, muassasalar kiradi. Ularning siyosiy hayotga, hokimiyatni amalga oshirishga jalb etilganligiga qarab uch turdagi tashkilotga ajratish mumkin
Soliq imtiyozi –soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to’lashdan to’liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli.
Soliq krediti – byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini ma’lum muddatga kechiktirish, bo’lib-bo’lib to’lash yoki soliqni qaytarish shakli.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi –kichik biznes subyektlarini rag’batlantirish maqsadida qo’llaniladigan soliqqa tortish tartibi.
Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to’g’ri keladigan soliq me’yori.
Soliq yuki – soliq to’lovchilarning muayyan davrda byudjetga to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisidir. Mamlakat miqyosida muayyan davrdagi barcha to’langan soliqlar va yig’imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i ham soliq yukini ifodalaydi.