Soliq yukini yengillashtirish – soliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar yaratish.
Soliqlar – belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi.
Soliqlarni unifikatsiya qilish – soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish ob’ekti o’xshash bo’lgan soliq turlarini birxillashtirish.
Talab – xaridor, iste’molchilarni bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi, bozorga olib chiqilgan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlar.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymati.
Tarkibiy o’zgarishlar – milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda o’zgartirib borish. Tarkibiy o’zgarishlar o’z ichiga yangi tarmoqlarni barpo etish, ba’zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz, istiqbolga ega bo’lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora-tadbirlarni oladi.
Tashqi qarz –mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.
Tashqi nodavlat qarzlar – mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, korxonalar va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.
Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi. Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko’zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi. Telekommunikatsion infratuzilma – kompaniyaning telekommunikatsion infratuzilmasi – bu turli axborotlarni: avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar, internet-grafika, turli fayllar hamda «ovoz» va video ko’rinishidagi axborotlarni uzatish vazifasini hal qiluvchi o’zaro aloqador tizimchalar majmuasidir.