313
Rejalashtirilgan yildagi quyidagi ko’rsatkichlar
asosida mahsulot
tannarxining kamayishini aniqlang.
Ko’rsatkichlar
Bazis
Reja
Mahsulot hajmi,ming so’m
568300
600000
Ishchilar soni, kishi
92
92
Ish haqi fondi, ming so’m
128000
129400
Ish haqining tannarxdagi ulushi-22,5 foizni tashkil etadi.
4-Masala
Hisobot davrida mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 450200 ming so’mni
tashkil etdi. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun sarflarni 2 foizga kamaytirish, tovar
mahsuloti hajmini esa 3 foizga oshirish ko’zda tutilgan. Rejalashtirilgan mahsulot
tannarxini aniqlang.
5- Masala
Korxona jihozlar ishlab chiqaradi. Bir jihoz narxi 18000 ming so’m.
O’zgaruvchan xarajatlar ulushi 12000 ming so’m. Zararsizlik nuqtasini toping.
6- Masala
Quyidagi omillar hisobiga mahsulot tannarxining
kamayishini aniqlang
(“indeks” uslubini qo’llagan holda).
Hisobot davrida material bahosi o’zgarmagan holda sarf me’yori 5
foizga
kamaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi 10 foizga,
mehnat
unumdorligi 7.5 foizga, o’rtacha ish haqi 3.5 foizga oshishi ko’zda tutiladi. Ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibida materiallar ulushi - 60 foiz, ish haqi xarajatlari – 20
foiz, boshqaruv -12 foizni tashkil etadi.