A
1 R4ikt J i A
rasm. Bir turdagi aralashma uchun laminar mash’ala uzunligi shakli.
Yondirgich perimetridan oqim markazigacha alanga tarqalishi uchun zarur bo'lgan vaqt sarfi ifodadan aniqlanadi:
t=R'U„
bu yerda R - yondirgich radusi, Un - alangani normal tarqalish tezligi.
88
Bu vaqt mobaynida, markaziy oqim W tezlik bilan harakatlanadi va quyidagi masot'aga boradi:
l = W i
I masofa mash’ala uzunligiga mos keladi. Va laminar mash’ala uzunligi:
t = (w R)!U,
Yondirgichning bunday diametrida mash’ala sliakli va uning o‘lchamlari alangamng tarqalish tezligi va oqimining turn nuqtalaridagi tezlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq boMadi. Alangani tarqalish tezligi qanchalik katta bo‘lib, oqim tezligi qanchalilc kichik bo‘lsa Shunchalik qisqa mash’ala va aksincha, U n qanchalik kichik bo‘lib. W qanchalik katta bo‘!sa Shuncha uzun mash’ala hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, mash’ala uzunligi yonuvchi gaz tabiatiga, uning arashmadagi miqdoriga va gaz havo aralashmasining haroratiga bogMiq boMadi. Yondirgich diametri kattalashishi bilan mash’ala uzunligi ham ortib boradi.
Agar yonuvchi aralashmada yoqilgM miqdori ko‘p boMsa, ya’ni a > 1 boMganda esa, aralashmadagi barcha yoqilgM havorang konus ichida yonib ketadi.
Yondirgich uchidan oqimning chiqish tezligi kichik boMsa, havorang konus kichiklashadi va to‘mtoq shaklga kiradi. Qachonki, aralshmaning chiqish tezligi alanganing tarqalish tezligiga teng yoki undan kichik boMsa, yondirgichda alanga sakrashi kuzatiladi. Yondirgichda alangani aralashiga yoM quyilmaydigan aralashma oqimini ruxsat etilgan minimal tezligi, arashma tezligi bo‘yicha alanga turg‘unligining quyi chegarasi deb ataladi.
Bir turdagi gaz - havo aralashmasini laminar oqimda yoqish uslubi, sanoat miqiyosida keng tarqalmagan va uncha katta boMrnagan qizdirish asboblarida ishlatiladi.
Gaz aralashmalarini yoqishda yonish jarayonini intensifikatsiyalash uchun oqim tezligini orttirish va uning harakatini turbulent tartibga keltirish zarur.
Atmosfera bosimida ishlaydigan yondirigichlarda mash’ala kattalashishi bilan yonish turg‘unligi pasayadi, shuningdek ularda katta tezlikdagi aralashmam yoqib boMmaydi. Tezlik tufayli paydo
Я9
bo'layotgan yo'ldosh oqim yonuvchi doirani sovutadi va mash’alaning so‘nishiga sabab bo'ladi.
Turbulent mash’alani turg'unlashtirish uchun yonish turg'unligini ta’minlash lozim. 0 ‘matilgan yoqish rejimlarida bug1 generatorining o'txona fazasi yoki yonish kamerasiga yondirish orqali berilayotgan aralashma, yuqori haroratli yonish mahsulotlari muhitida tarqalayotgan noizotermik oqim ko'rinishini oladi. Oqimning turbulent kengayish jarayonida o'txona gazlari miqdori ortishi bilan yonuvchi aralashma ham qiziydi, ham yonish mahsulotlariga aralashadi. Noizotermik oqim nazariyasiga muvofiq. oqimning qizdirilishi turbulent chegarali qatlamda sodir bo'ladi, doimiy tezlikli yadroda esa harorat o'zgarmaydi va oqim haroratiga teng bo'ladi. Qizdirish oqim periferiyasida intensiv amalga oshadi va yondirgich uchidan oqim ichiga tarqaladi.
15-rasm. Bir turdagi aralashma uchun turbulent mash’ala chizmasi.
S - yonuvchi aralashma konsentratsiyasi; T - harorat.
Oqimning tashqi chegaralariga yaqinlashib borgan sari harorat ortadi va yonuvchi aralashmaning konsentratsiyasi esa kamayadi. Rasmdan ko'rinadiki, reaksiya tezligiga haroratning ta’siri rcaksiyalanuvchi moddalar konsentratsiyasi ta’siridan kuchliroq va Shuning uchun kimyoviy reaksiya alangalanishi yonish mahsulotlari bilan kuchli aralashgan aralashmaning yonish haroratiga teng haroratli kichik vaqt intervalida sodir bo'ladi. Shuning uchun oqimning alangalanishi alanganing tarqalish tezligi maksimal bo'lgan konussimon yuzaning tashqi qatlamida sodir bo'ladi, Shuuingdek, faqat shu yuzada alanganing tarqalish tezligi
90
turg'un bo‘ladi. Periferiyali alangalanish qatlamlarida turbulent issiqlik almashinuvi sababli, issiqlik qo‘shni qatlamlarga tarqaladi va ulaming ketma-ket alangalanishiga olib keladi. Qo‘shni qatlamlarning qizdirilishi bam turbulent diffuziya bilan sodir boiadi.
Dostları ilə paylaş: |