Issiqlik elektr stansiyalarda



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə80/81
tarix12.10.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#154428
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish

9
Ш

1


Siqilgan
havo
43-rasm. Aralash ionitlami regeneratsiya qilish sxemasi.
I - ionitlami ajratish: II - kislota va ishqor eritmalarini yuborish; III — yuvish: I \ — havo berib, ionitlami qayta aralashtirish: V - tozalanadigan suvni o‘tkazish tartiblari.

Aralash ionitli filtrlarda har bir m kationit uchun kislotaning solishtirma sarfi 70 kg, Shu hajmdagi anionit uchun ishqorniki 100 kg bo‘ladi.


AIF lardagi kationit qatlamlarida asosan natriy kationi yutilishi sababli regeneratsiyalashda kislotaningyuqoriroq konsentratsiyali ya’ni 3-5% li eritmasi, ishqor eritmasining esa anionitli filtrlardagi kabi 4—6% li eritmasi ishlatiladi. Regeneratsiya jarayonida belgilangan miqdordagi kislota va ishqor eritmasi filtrdan o ‘tishi bilan ionit qatlamlari darhol yuviladi. Buning uchun tuzsizlangan suv ionit qatlamlaridan regeneratsiya eritmalari o ‘tkaziladigan yo‘nalishda yuborilib yuvindi suv filtming o‘rta qismidagi quvuri orqali chiqarib yuboriladi. Bu operatsiya tugallangandan so‘ng, filtming tag quvuri orqali unga siqilgan havo yuborib ionitlar aralashtiriladi. Ionitlaming kompressor orqali berilayotgan havo tarkibidagi yog‘ mahsulotlari bilan ifloslanmasligi uchun filtming havo yuboriladigan yo'liga yog‘ mahsulotlarini yutib qoladigan moslama o'rnatilgan bo'ladi. Havo yordamida to'la aralashtirilgan ionitlar yana tuzsizlantirilgan suv bilan oxirgi marta yuviladi. Bu

214
operatsiya yuvindi suv tarkibida kremniy miqdori 2 0 mkg/kl, natriy miqdori esa 10 mkg/kl ga tushuncha davom ettiriladi. Filtrlami bunday yo'l bilan regeneratsiya qilishda 3,5-4 soat vaqt sarflanadi.


lonitlami regeneratsiya mahsulotidan to‘la yuvish maqsadida
filtrdan yuvadigan suv o'tkazilgandan so‘ng tozalanish uchun yuborilayotgan suvning ham dastlabki qismi tozalangan suvga qo‘shilmay, filtrning ehtiyoji uchun ishlatiladigan suv yig'uvchi bakka yuboriladi.
Regeneratsiya jarayoni o‘zida qilinadigan filtrlarda tozalanish uchun yuborilayotgan suv tezligi soatiga 50 metrdan oshmasligi kerak, chunki bunday filtrlarda ionit qatlamlarinirig umumiy balandligi l,2 -l,5 m etr bo‘lsada ammo, filtrning o'rta va tag qismidagi quvurlar sistemasi oralig‘idagi kationit qatlami balandligi 0,5 metrdan yuqon bo‘lmaganligi sababli filtrdan o'tayotgan suv tezligi soatiga 50 metrdan tez bo‘lsa, mayda o'lchamdagi kationitlaming hamda suv tarkibidagi ^ationlaming suv tezligi ta’sirida tozalanayotgan suvga o‘tish ehtimolligi ortadi.
Tozalanayotgan suv miqdori ko‘pligi sababli suvning filtrdan o'tish tezligini oshirish zarur bo'lsa, bunday qurilmalarda, regeneratsiya jarayoni maxsus filtrlarda amalga oshiriladigan AIF lar ishlatiladi. Bunday filtrlaming konstruksiyasi birmuncha soddaroq bo‘ladi. Ulaming o'rta qismida quvurlar sistemasi, regeneratsiya jarayonini amalga oshirishda qo‘llaniladigan qo'shimcha qurilmalar hamda ulami jihozlovchi maxsus armaturalar ham bo‘lmaydi. Suv qurilmalarida bunday filtrlami ishchi filtrlar deb ataladi. Bunday ishchi filtrlarda ionitlar regeneratsiya qilinmasligi tufayli ulami kislotaga chidamli materiallar bilan qoplash ham talab qilinmaydi. Ularning tashqi kommunikatsiya sistemalari ham soddalashgan bo‘lib, ta’mirlash uchun ham birmuncha qulay.
Bunday turdagi filtrlarda kationit hamaa anionit smolalari aralashgan holatda bo‘ladi. Ulaming umumiy qalinligi 0,9- 1,0 metr. Tozalanayotgan suvning filtrdan o‘tish tezligi soatiga 100-125 metr. Unday qurilmalarda ishchi filtrdagi kationit hamda anionit smolalarini ajratib alohida filtrda regeneratsiya qilish
215
jarayoni quyidagi tartibda bajariladi: filtrlarni tutashtiruvchi quvur va quvurlarga o'matilgan zulfinlar ichida ionit smolalari tiqilib qolmasligi uchun aw al ishchi filtrlarda ionitlar 3 - 5 minut yayratilib, zichlashib qolgan donachalari bir-biridan ajratiladi va tarkibidagi dag‘al zarrachalardan tozalanadi.
Bu operatsiya tugagandan so'ng ishchi filtrdagi ionitlar birinchi regeneratsiya filtriga suv oqimi bilan gidravlik usulda yo'nahirilib, ishchi AIF regeneratsiya qilinadigan ionitdan to'la bo'shatiladi.
Bo'shatilgan filtr oldindan regeneratsiya qilingan va maxsus bakda saqlangan ionnlar bilan qayta to'ldirilib, yana ishga tushirib yuboriladi. Chunki, bunday qurilmalarda aralash ionitli filtrlaming uzluksiz ishlashi uchun bitta filtrga yetarli miqdordagi regeneratsiyalangan ionitlar maxsus baklarda saqlangan bo'ladi. AIF lami regeneratsiya qilishda sarflanadigan vaqt, ulami regeneratsiya qilinadigan ionitlardan bo'shatish, regeneratsiya qilingan ionitlar bilan to'ldirish, siqilgan havo berib ioniflami aralashtirish va yuvish operatsiyalarini bajarishda sarflanadigan vaqtning umumiy yig'indisidan iborat bo'lib, bu vaqt 1 soatdan ko'p bo'lmaydi.
Bunday qurilmalaming yana bir afzallik tomoni regeneratsiya jarayonida kationit smolalarining ishqor eritmasi, anionit smolalarining kislota eritmasi bilan aralashish hollari ham sodir bo'lmaydi.
Aralash ionit smolalarini regeneratsiya qilishdan oldin aw alo ularni alohida kationit va anionit holatda ajralish zarur. Bu jarayonni amalga oshirish uchun filtming tag quvuri orqali suv beriladi, suv anionit smolalarini filtrning tepa qismiga kationit smolalarini esa pastki qismiga yig'ib, ikki qatlam orasida ma’lum hajmda suv qatlami hosil qiladi. Ikki qatlamga ajratilgan ionitlami bir-biriga aralashtirmay ajratib olish, shu ionitlar oralig'iaagi suv qatlami filtrning ionitlami chiqaruvchi quvuridan qanchalik tepa yoki past yuzada bo'lishiga bog'liq. Agar ana shu suv qatlamiga tegib turgan kationitning sathi chiqaruvchi quvur teshigidan yuqoririq bo'lsa, quvur orqali anionitni filtr recheneratorga o'tkazishda quvur teshigidan yuqoridagi kationitlar anionitlar bilan qo'shilib filtr regeneratorga o'tib ketadi. Aksincha bo'lsa, ya’ni
suv qatlamining sathi chiqaruvchi quvurdan pastroq holatda bo‘Isa, bu holda anionitni filtr recheneratorga o‘tkazishda quvur teshigidan pastidagi anionitlar filtrda qolib, Kationitlar bilan aralashib qoladi
Ionitlami ajratish jarayonida qancha ko‘p miqdorda kationitlar anionitlarga aralashgan bo‘lsa, regeneratsiyalangan anionitlaming ishchi anion almashtirish hajmi ham shuncha kam bo‘ladi. Shu sababli aralash holatda ishlatiladigan ionitlaming ishchi ion almashtirish hajmi yuqori bo‘lishi filtrdagi kationit va anionit smolalarining bir-biridan to*la ajralishiga ham bogiiq. Ularr i to‘la ajratish uchun anionit smolalari bilan kationit smolalari orasida ko'proq hajmda suv qatlami hosil qilish va anionitlami chiqaruvchi quvurdan vuqoriroq yuzada, yig‘ish zarur, bu holda kationit smolalarining anionitlar bilan aralashishiga imkoniyat bo'lmaydi. Shu yo‘l bilan anionitlardan to‘la ajratilgan kationitni gidrovlik usulida regeneratsiya filtriga o‘tkazilgandan so‘ng uning tepa qismidagi quvuri orqali 3-4% li H2SO4 eritmasi soatiga 4 -6 metr tezlikda o‘tkazilib, regeneratsiya qilinadi va to‘la darajada regeneratsiyalingan kotionitlar suv oqimi bilan bakka yuborilib regeneratsiya filtri bo‘shatiladi. So‘ng ishchi filtrda qolgan anionit ham shu filtriga o'tkazilib shu tezlik va shunday yo‘nalishda 4—5% li NaOH eritmasi bilan regeneratsiya qilinadi. Regeneratsiya jarayonida ishlatiladigan 100 % li kislotaning solishtirma sarfi har m3 kationit uchun 80 kg. Shu hajrndagi anionit uchun 100% li ishqoming solishtirma sarfi 120 kg. olinadi. Ionitlami regeneratsiya mahsulotlaridan yuvishda tuzsiziantirilgan suv ishlatiladi. Yuvilgan anionitlar ham regeneratsiya filtridan gidravlik usulda regeneratsiyalangan ionit saqlanadigan bakka yuboriladi va shu bakda havo yordamida aralashtirilib navbatdagi regeneratsiyagacha saqlanadi.
44-rasmda ionitlami alohida filtrda regeneratsiya qiladigan aralash ionitli qurilmaning sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sxemada ionit smolalari ishchi filtrda ( 1) yuqorida qayt qilingan tartibda ajratilgandan so‘ng, avval kationit so'ng anionit smolalari regeneratsiya filtriga (3 ) o‘tkazilib, navbat bilan regeneratsiya qilinadi. Regeneratsiyalangan ionitlar bunkerga (6 ) yuborilib, filtr
217
recheneratorga navbatdagi regeneratsiyalash uchun bo'shatib qo‘yiladi.

sxemasi:
1 - AIF, 2 - AIF ga suv yuborish, 3 - filtr regenerator


4 -tozalangan suvni AIFdan chiqarish, 5 - regeneratsiya!angan ionitni bakga yuborish, 6 - regeneratsiyalangan ionitlar saqlana­ digan bak.

Bunday usulda regeneratsiya qilingan ionitlaming regeneratsiya darajasi filtr ichida regeneratsiya qilingan ionitlarga qaraganda yuqori bo‘ladi. Shu sababli ularning ishchi ion almashtirish hajmi katta va regeneratsiya oraliqidagi ish muddati ko‘proq.


218

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin