Исследование в XXI веке май, 2023 654 so‘z birikmasining xususiyatlari hamda



Yüklə 51,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü51,65 Kb.
#179222
növüИсследование
1   2   3   4
Shopo\'latova Gulhayo Shuhrat qizi


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
май
, 2023
656 
o‘zgartirishlar kiritadi. Binobarin, ingliz tili grammatik tizimida ravishlarni sifat va holat 
kategoriyasini ifodalovchi boshqa so‘zlardan farqlashning yo‘llaridan biri — ularning faol va 
virtual (nofaol) valentlik qobiliyatini inobatga olishdir. Lekin birliklarning bunday 
qobiliyatini faqat so‘z birikmasi aniqlashtiradi, shakllantiradi va saqlab qoladi. So‘z 
birikmasining xuddi shu xususiyatlari uni mustaqil, alohida birlik sifatida tavsiflash imkonini 
beradi. So‘z birikmasining shakl, grammatik va nominativ ma’noga ega bo‘lishi hamda 
mustaqil vazifa bajarishi bevosita valentlikning lisoniy kategoriya, til birliklarining barcha 
grammatik-semantik xususiyatlarini mujassamlashtiruvchi hodisa sifatida talqin qilinishi 
so‘z birikmasi nazariyasi rivoji uchun muhim omildir. So‘z birikmalarining nominativ 
funksiyasi muammosi uzoq paytdan buyon muhokama qilinib kelinayotgan masalalardan 
biri hisoblanadi. L. V. Shcherba, V. V. Vinogradov, N. N. Prokopovichlar so‘z birikmasini 
alohida so‘zlarning semantik “yoyilishi” natijasida hosil bo‘ladigan murakkab nominativ 
birlik sifatida qaraydilar [1, 47–47 b.].
Bunday yondashuvda so‘z birikmasi alohida so‘zning muqobiliga aylanadi: “... so‘z 
birikmasi gapning alohida qurilish materiali deb qaralsa, xuddi so‘z kabi tilning nominativ 
vositalari, predmet, hodisa, jarayon kabilarni atovchi vositalari hududidan joy oladi”. 
Olimning ushbu mulohazasi biror-bir sezilarli o‘zgarishsiz ko‘plab tadqiqotlar, darsliklarda 
takrorlanib kelinmoqda. Buning bilan esa til tizimining ikki mustaqil birligi orasidagi 
farqning yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Taniqli tilshunos olimlardan O.Yespersen, R.Kvirk, 
V. P. Suxotin, YE. M. Galkina-Fedorchuk va V. N. Yarsevalar so‘z va so‘z birikmasini 
tamoman farqli hodisalar sifatida qarashib, oxirgisini nominativ vazifadan xoli, deb hisoblab 
kelishgan [1, 86 b.].
Ba’zan bu ikki nuqtai nazarni birlashtirish holatlari va nominativ funksiya so‘z 
birikmasiga xos ekanligini barcha tilshunoslar ma’lum darajada qayd etgan *7, 114–118 b.]. 
Ingliz tili so‘z birikmalarining lingvodidaktik xususiyatlarini maxsus o‘rgangan S. G. Ter-
Minasova uning alohida kategorial belgilarga ega ekanligini e’tiborga olish muhimligini 
uqtiradi. Olimaning ta’kidlashicha, konnotativlik (axborot tashish bilan birgalikda, 
emotsional ta’sir o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lish), klishe xususiyatiga ega bo‘lish, 
idiomativlik (yaxlit ma’noning bo‘laklar ma’nolari yig‘indisidan farq qilishi), konseptual 
to‘laqonlilik kategoriyalari so‘z birikmasining vazifaviy va semantik mohiyatini belgilaydi [8, 
95–102 b.+. So‘z birikmalari bo‘laklari voqelikdagi predmetlarni yoki ular haqida tug‘ilgan 
tasavvurni tafakkur jarayonida tug‘iladigan tushunchalar vositasida bevosita ifoda etadilar.
Aslida, tushunchaning o‘zi predmet-hodisalarning asosiy farqli belgilarini 
umumlashtirish orqali yuzaga keladigan yaxlit psixologik obraz, konseptual birlikdir. Bunday 
birlikning yuzaga kelishi alohida tushunchalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikishini taqozo 
etmaydi, ya’ni tushunchalar o‘zaro munosabatida komponentlar o‘z lug‘aviy qiymatini 
tushuncha — konseptlarni ifodalasalar-da, ularning har bir bo‘lagi alohida konseptni ataydi 
va mustaqil leksik ma’noni ifodalaydi.


Международный
научный
журнал

10 
(100), 
Yüklə 51,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin