часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
49
davri 2-4 kun davom etadi.Mikrobning bu turi ko‘proq go‘shtli, qiymali taomlarga:
kotletlar, go‘shtli blinchiklar, flotchamakaronlar xamda salartlarga ko‘p miqdorda tushadi.
PROFILAKTIKASI 1. Oziq-ovqat mahsulotlarini olib keladigan xodimlar shahsiy gigiyena qoidalariga
amal qilishi kerak.
2. Oziq- ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan uskunalar va anjomlarni yuvish va
tozalash lozim
3. Umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarining yig‘ilib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak.
4. Toksiinfeksiyaning oldini olish uchun hayvonlarni so‘yishda va fermalarda
sanitariya-veterenariya nazorati o‘rnatiladi.
5. Oziq-ovqat ob’yektlarining xizmatchilarini tibbiy tekshiruvidan o‘tkazish va ular
batsilla emasligini tekshirib ko‘rish shart.
Toksikozlarga botulizm hamda stafilokkokli toksikozlar kiradi.
Sporali anaeroblar – Klostridium perfringens qo‘zg‘atgan ovqat toksikoinfeksiyalari.
Hozirgi kunda 12 turda toksin moddalar alfa, betta, gamma va boshqalarni
ajratadigan A, V ,S, E, G, D, Kl.perfringens turli ovqat toksikoinfeksiyalarining
qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi.
Go‘sht, kolbasa, sut mahsulotlari Kl.perfringens bilan zararlanishi mumkin.
Klinikasi. Kasallik ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: a) yashirin davr 6-22 soat davom
etadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi: bemorning ko‘ngli ayniydi, qusadi, ichaklari spazmga
uchraydi, ko‘p marta (kuniga 20 martagacha) ichi ketadi, axlatidan badbo‘y hid keladi,
ko‘p el ajraladi. Og‘ir hollarda qo‘l-oyoq mushaklari tortishadi, ba’zan arterial bosim
tushib ketadi; b) kasallik nekrotik enterit ko‘rinishida xam kechib ichaklarning bir qismi
yiringlay boshlaydi, natijada bemor jarrohlik bo‘limiga tushib qoladi.
Profilaktikasi. Kl.perfringens qo‘zg‘atgan toksikoinfeksiyalarning oldini olish
quyidagilardan
iborat:
1. Go‘shtni qayta ishlaydigan korxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi ustidan
nazorat o‘rnatish
2. Go‘sht va boshqa mahsulotlarni past haroratda saqlash.
3. Yaxshilab pishirish, ya’ni kolbasa va boshqa go‘sht mahsulotlarini tayyorlash
uchun ajratilgan mahsulot va ziravorlarni sterillash.
Stafilokokk intoksikatsiyalari.
Stafilokokk toksinidan zaharlanish ko‘pgina sut mahsulotlaridan: tvorog, smetana,
krem konditer mahsulotlari iste’mol qilish natijasida ro‘y beradi. Biroq go‘sht va sabzavotli
har xil taomlar ham stafilokokklarning rivojlanishi uchun qulay muhit ekanligi hozir
aniqlangan. Qoramol bilan odam ham stafilokokklar manbai hisoblanadi. Agar oziq-ovqat
mahsulotlari stafilokokklar keltirib chiqaradigan ovqatdan zaharlanishlar mastit bilan