часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
593
extiyojlarini qondirish borasida ma’lumotlardan faol foydalanish bo‘yicha keng
ko‘lamli faoliyatni bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish
va muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi va bu tizim bugungi kunda, aftidan, bungacha misli
ko‘rilmagan darajada har tomonlama – ilmiy, uslubiy, texnologik, axborot, instrumental,
kreativ va xokazolarni qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi. Iqtisodiyotning raqamli
segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatda ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari tufayli
dolzarb axamiyat kasb etadi. Yangi texnologiyalar va yo‘nalishlar jismoniy shaxslar va
yuridik shaxslar menejmentiga tobora katta ko‘lamda o‘zaro aloqalarda transaksiya
xarajatlarini qisqartirish hamda davlat tarkibiy tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar bilan uzviy aloqalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Shu sababli iqtisodiyotning barcha soxalarini raqamli texnologiyalar asosida
yangilashni nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab
chiqishimiz kerak, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida, shu asosda “Raqamli
O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Natijada YaIM ni kamida 30
foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini
beradi.[1]
Natijada tarmoq servislariga asoslangan, ya’ni raqamli yoki elektron iqtisodiyot
shakllanadi. Raqamlashtirish tushunchasi o‘zi buyumlar internetidan tortib elektron
xukumat texnologiyalarigacha bo‘lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini
“yoppasiga” qo‘llash asosida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini boshqarish va
ishlab chiqarishning o‘zini takomillashtirishning yangi bosqichidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning asosiy sababi transaksiya
sektorining o‘sishi hisoblanadi, u rivojlangan mamlakatlarda milliy YaIM ning 70
foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu sektor tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat
boshqaruvi, konsalting va axborot xizmatlari ko‘rsatish, moliya, ulgurja va chakana
savdo, shuningdek, turli kommunal shaxsiy va ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatish.*2+
Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi noyob ma’lumotlarga
aylanadi, mos ravishda milliy iqtisodiyot doirasida kattaroq axborot trafigi vujudga
keladi. Shu sababli raqamli iqtisodiyot Axborot Kommunikatsion Texnologiyalari (AKT)
xizmatlarining kirib borish darajasi yuqori va qatnashchilar soni ko‘p bo‘lgan
bozorlarda eng samarali faoliyat ko‘rsatadi. Texnologik jixatdan raqamli iqtisodiyotni
to‘rtta trend belgilab beradi: mobil texnologiyalar, biznes taxlillar, muhim hisob
natijalari va ijtimoiy media; global jixatdan - Fasebook, Youtube, Twitter, Instagramm
kabi ijtimoiy tarmoqlar.
Bu esa shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning
imkoniyatlaridan foydalanish muhim axamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda dunyoda raqamli iqtisodiyot xodisasini umumiy bir tushunchasi
mavjud emas, shunday bo‘lsada, ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Ushbu fenomenga davlat